
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
YOZYOVONLIK KURASHCHI MANZURA MO’YDINOVA JAHON CHEMPIONATINING BRONZA MEDALINI QO’LGA KIRITDI

2021-10-29 19:09:31 320
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo’lib o’tayotgan belbog’li kurash bo’yicha 19-jahon chempionatida yozyovonlik Manzura Mo’ydinova bronza medalini qo’lga kiritdi.
Tatariston poytaxtidagi “Ak Bars” sport saroyida bo’lib o’tayotgan musobaqada 36 mamlakatdan kelgan sportchilar belbog’li kurashning erkin va klassik yo’nalishlarida erkaklar 8 ta vazn toifasida, ayollar 5 ta vazn toifasida bahsga kirishdilar.
58 kg vaznda gilamga chiqqan Yozyovondagi Bolalar va o’smirlar sport maktabi murabbiyi Manzura Mo’ydinova, yarim finalda qozog’istonlik Rovza Nurmuxammadovaga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvni muvaffaqiyat bilan boshlagan Manzura, raqibini oyog’ini gilamdan ko’tarib ag’darish usulini qo’llab, 2-0 hisobida oldinga o’tib olgandi. Biroq keyingi holatda noqulay yiqilish natijasida kichik jarohat olib, kurashni davom ettira olmadi va g’alaba qozog’istonlik kurashchiga berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube