Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YAPONIYA ISHBILARMONLARI ISHTIROKIDA BIZNES-UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2021-10-30 20:11:24    389

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Yaponiyaning 20 dan ortiq qurilish, ipakchilik, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, turizm, tibbiyot, Ay-Ti sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalari, shuningdek investitsiyalar, savdo va import-eksportga ixtisoslashgan kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya Farg’ona shahriga kelgani haqida xabar berilgandi.

Farg’ona shahridagi viloyat teatr-kontsert saroyida yaponiyalik ishbilarmonlar hamda farg’onalik tadbirkorlar ishtirokida biznes-uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirni ochib bergan viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev o’z so’zida Farg’ona viloyatida ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, viloyat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlari hamda Farg’ona-Yaponiya munosabatlariga alohida to’xtalib o’tdi. Iqboljon Ergashev shuningdek, viloyatning investitsion salohiyati hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot berdi. Joriy yil noyabr oyida Farg’ona shahrida “Yapon investorlari uchun Farg’ona yangi makon” mavzusida yirik biznes-forum tashkil etilishi ham ma'lum qilindi.

Uchrashuvda moderatorlik qilgan viloyat hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo kotibiyati mudiri Azimjon Yo’ldashev yaponiyalik ishbilarmonlarga viloyatning eksport salohiyati hamda xorijiy davlatlar bilan o’zaro savdo munosabatlari haqida taqdimot o’tkazdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov Shohimardon turizm hududi, Uchko’prik tumanidagi "Mehrigiyo" turizm va salomatlik markazi hamda boshqa turizm ob'ektlari to’g’risida yaponiyaliklarga ma'lumot berdi. “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi rahbari Farrux Rahmonov iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, xorijiy hamkorlar haqida, shuningdek bojxona va soliq to’lovlari misolida investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Uchrashuv yakunida yaponiyalik hamda farg’onalik ishbilarmonlar o’rtasida B2B formatidagi muzokaralar o’tkazilib, unda tomonlar qo’shma korxonalar tashkil etish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va o’zaro manfaatli shartnomalarni imzolash kabi masalalarni muhokama qildilar. 

Yaponiyalik ishbilarmonlar teatr-kontsert saroyi zalida tashkil etilgan mahalliy hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmasini ham ko’zdan kechirdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube