Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATINING 1052 TA MAHALLASIDA JORIY ETILAYOTGAN HOKIM YORDAMCHISI LAVOZIMIGA OCHIQ TANLOV E'LON QILINADI

×

 2021-11-01 11:48:31    256

PDF yuklash
Chop etish


Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan mahallalar bilan manzilli ishlash va ularning “o’sish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etish maqsadida hududlarda tashkil etilgan “mahallabay” ishlash tizimi o’z samarasini bermoqda.

Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, xususan “Mahalladan chiqmay turib barcha xizmatlardan foydalanish” tamoyili asosida davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar taqdim etilishiga imkon yaratish maqsadida respublikamiz bo’ylab ilk marotaba tajriba tariqasida Hokim yordamchisi lavozimi joriy etilmoqda.

Lavozimga qo’yiladigan asosiy talablar:

Hokim yordamchisi lavozimiga oliy ma'lumotli, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, moliya va iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash masalalarida tajribaga ega bo’lgan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiya va tashqi savdo boshqarmalari, viloyat soliq boshqarmasi, tijorat banklari viloyat filiallari va boshqa iqtisodiy va investitsiya kompleksiga kiruvchi boshqarma va idoralar, hamda ularning shahar va tumanlar bo’linmalarining bo’lim (sho’'ba) boshlig’idan past bo’lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlari tayinlanadi.

Hokim yordamchisining asosiy vazifalari:

“Xonadonbay” so’rovlar o’tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish;

Mahallaning ixtisoslashuvi va “o’sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko’rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o’qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarni bandligini ta'minlash va aholini o’zini o’zi band qilishga ko’maklashish;

“Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish;

Tadbirkorlik sub'ektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish, mavjud muammolarini “mijozbay” o’rganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam ko’rsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Hududiy va investitsiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish;

Hokim yordamchisining mavjud dastaklari:

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har bir mahalladagi xonadonlarga va yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish uchun kredit resurslari limiti ixtiyori beriladi.

Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan ishsiz fuqarolar uchun asbob uskunalar va mini texnologiyalar xarid qilishga har bir mahallaga subsidiya uchun kupon beradi.

Haq to’lanadigan jamoat ishlariga fuqaroni jalb qilish uchun har bir mahallaga kupon beradi.

Har bir mahallada fuqaroni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish uchun vaucher beradi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit, subsidiyalar, moddiy yordam va nafaqalar ajratish uchun xulosa beradi.

“Ijtimoiy shartnoma”larni imzolash hamda shartnoma shartlarining bajarilishini ta'minlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan viloyatning barcha tuman va shaharlar hokimliklarida joriy etilayotgan, viloyatdagi 1052 ta mahalla fuqarolar yig’inining har biri bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi. Nomzodlar murojaatlari 10 noyabrgacha qabul qilinadi.

Hokim yordamchisi lavozimga tayinlangan kundan e'tiboran Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda mehnat faoliyati natijadorligiga ko’ra Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi takliflariga asosan yuqori lavozimlarga tanlovsiz to’g’ridan-to’g’ri o’tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar (73) 244-60-92, (91) 652-00-07

Ma'lumotnoma (ob'ektivka) yuborish uchun (91) 652-00-07 (telegram raqami)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube