Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI

×

 2021-11-01 12:20:25    284

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat "Tadbirkorlar uyi"da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev hamda viloyat hokimi o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashevlar ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi. Unda turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan 35 nafardan ziyod tadbirkorlarning murojaatlari eshitildi.

Fuqarolar sud-huquq, kadastr masalalari, bank krediti va yer-joy ajratish, kompensatsiya to’lovlarini undirish, xususiy maktab hamda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish, ijara shartnoma muddatini uzaytirish, “Aqlli bekat” qurish, xususiy klinika tashkil etish, bo’sh turgan binoda mebel ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, fermer xo’jaligi yer maydoniga suv chiqarish uchun subsidiya ajratish, eko do’kon tashkil etish kabi turli masalalarda yechim talab qilinadigan murojaatlarni o’rtaga tashladilar. E'tiborlisi, qabulda nafaqat mahalliy tadbirkorlar, balki xorijlik investorlar ham qatnashdi.

Har bir murojaat viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mas'ul shaxslar ishtirokida ko’rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo’lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Ba'zi murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun qo’shimcha o’rganishlar olib boriladigan bo’ldi.

Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube