Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “ADABIYOT KUNLARI” O’TKAZILADI

×

 2021-11-02 19:54:18    265

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning joriy yilning 23 oktyabr kuni qabul qilgan farmoyishiga asosan noyabr oyining uchinchi o’n kunligida viloyatimizda “Adabiyot kunlari” o’tkaziladi.

Adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavalludiga 90 yil, O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludiga 85 yil, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir, dramaturg Saydali Odilov tavalludiga 80 yil to’lganligi, O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xotirasiga ehtirom ko’rsatish hamda rishtonlik iste'dodli yozuvchi Isajon Sulton “O’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan ularning ijodiy merosini o’rganish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatini inobatga olib, taniqli shoir va adiblarning tavallud kunlari hamda xotira kechasini “Adabiyot kunlari” tarzida viloyatimiz miqyosida keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirishga qaror qilindi.

“Adabiyot kunlari” doirasida Qo’qon davlat musiqali drama teatrida Umarali Normatovning va Marg’ilondagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy-ijodiy konferentsiyalar, Oltiariq madaniyat markazida Anvar Obidjonning xotira kechasi, Rishton tumani “Xalqaro kulolchilik markazi”da Isajon Sultonning va Farg’ona shahrida Saydali Odilovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan adabiy uchrashuvlar o’tkazilishi belgilandi.

Ushbu ijodkorlarning ijodiy-madaniy merosini chuqur o’rganish, ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazish, ma'naviy merosimiz durdonalarini yoshlar qalbiga singdirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube