Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“HAR BIR OILADA SIHAT-SALOMATLIK BO’LSA, JAMIYAT SOG’LOM BO’LADI” – DANG’ARA TUMANIDAGI XUSUSIY KLINIKADA RENTGENOLOGIK ENDOVASKULYAR JARROHLIK BO’LIMI ISH BOSHLADI

×

 2021-11-04 14:26:57    288

PDF yuklash
Chop etish


Dang’ara tumanida joylashgan “Abu Bakr Ar-Roziy Med Servis” tibbiyot klinikasi qoshida yangi barpo etilgan rentgenologik endovaskulyar jarrohlik bo’limi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, yurak-qon tomir kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolash viloyatda ham endi rivojlanish bosqichida ekanini qayd etib, xususiy tibbiyot ham davlat muassasalari bilan bu sohada bemalol raqobatlasha olayotganini ta'kidladi.

Sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish bugungi O’zbekiston siyosatida ustuvorlik kasb etayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbari raisligida besh yil avval o’tkazilgan ilk yig’ilish mavzusi ham aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish bo’lganini eslatib o’tdi.

Kelgusi yildan bepul davolanish orderi joriy etilayotganini, endi davolash uchun pulni tibbiyot muassasasiga emas, bemorning o’ziga berilishini aytib o’tgan Xayrullo Bozorov, bu ham tibbiy sohada raqobatning oshishiga, xususiy tibbiyotning ham o’sishiga yo’l ochishini qayd etdi.

“Har bir oilada sihat-salomatlik bo’lsa, jamiyat sog’lom bo’ladi” deb o’z so’zini davom ettirgan viloyat rahbari, salomatlikni saqlashda profilaktika, sog’lom turmush tarziga qat'iy rioya etish muhim o’rin tutishini ta'kidladi. “Xususiy tibbiyot muassasalarini yanada ko’paytiramiz, davlat tibbiyot muassasalariga ham katta pul ajratiladi, ularni ham rivojlantiramiz. Lekin eng avvalo, aholiga sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishimiz, o’rgatishimiz kerak. Buning juda oddiy usuli bor – piyoda yurish. Agar har bir inson kuniga kamida 10 ming qadam piyoda yursa ortiqcha vazn yo’qoladi, kasallikka moyillik kamayadi, yurak va tomirlar faoliyati yaxshilanadi. Endi joylarda bu borada juda katta targ’ibotni yo’lga qo’yamiz. Qolaversa, odamlarimiz bundan buyon ozgina bo’lsada madaniy dam olishga, kontsertlarga borishga ham odatlanishi kerak” dedi Xayrullo Bozorov. 

“Abu Bakr Ar-Roziy Med Servis” tibbiyot klinikasi 2012 yilda 2,2 mln dollar mablag’ hisobiga barpo etilib, diagnostika hamda statsionar davolash xizmati tashkil etilgan. Markazda bir yilda 30 mingdan oshiq bemorlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Statsionar davolash uchun 70 dan ortiq yotoq-koykalar mavjud bo’lib, Philips kompaniyasining multispiral kompyuter tomografiyasi, raqamli rentgen hamda UZI kabi zamonaviy tibbiy jihozlar o’rnatilgan.

Bugun foydalanishga topshirilgan, umumiy loyiha qiymati qiymati 14,7 mlrd so’m bo’lgan rentgenologik endovaskulyar jarrohlik bo’limi qurilish ishlari 2019 yilda boshlangan.

40 o’rinlik yangi bo’limga qiymati 750 ming dollar bo’lgan Philips Azurion statsionar angiografik rentgen tizimi, Germaniya hamda Xitoydan jarrohlik texnologiyalari olib kelib o’rnatildi. Bo’lim o’z faoliyatini boshlashi bilan 30 dan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi kutilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube