
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FURQAT TUMANIDA TURK SARMOYASI ISHTIROKIDA TASHKIL ETILAYOTGAN TEKSTIL TEXNOPARKIDA 35 MILLION DOLLAR INVESTITSIYA HISOBIGA IP YIGIRISHDAN BOSHLAB TAYYOR MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHGACHA QAMRAB OLADIGAN YIRIK TEKSTIL MAJMUASI BARPO ETILADI

2021-11-04 14:28:22 313
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tekstil sohasi korxonalariga mato bo’yash liniyasi uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Turkiyaning “BENEKS” kompaniyasi hammuassisi Tunjay Birben va mahalliy ishbilarmon, “Tanteks Grupp” kompaniyasi rahbari Nodirbek Hoshimov bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda Furqat tumanida turk sarmoyasi ishtirokida tashkil etilayotgan Tekstil Texnoparkida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Rejaga ko’ra, ip yigirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha qamrab oladigan ushbu yirik tekstil majmuasiga dastlabki bosqichda 23 million dollar investitsiya yo’naltirilib, 1000 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Bunda matolarni bo’yash hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Ikkinchi bosqichda yana 12 million dollar investitsiya jalb qilinib, yangi yigiruv fabrikasi barpo etiladi.
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar va investorlarni qo’llab-quvvatlash borasidagi oqilona siyosatini amalga tadbiq etgan holda viloyatda ishbilarmonlar uchun qulay tadbirkorlik va investitsion muhit shakllantirilganini qayd etgan viloyat hokimi, ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun turkiyalik investorlarga ham har tomonlama ko’mak berilishini qayd etdi.
Tekstil korxonalari uchun bo’yash va pardoz berish uskunalari ishlab chiqarishda Turkiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan “BENEKS”, 1988 yildan beri “Raqobat narxda emas, sifatdadir” shiori ostida faoliyat yuritib keladi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 75 foizdan ortig’i eksportga yo’naltiriladi. AQSh, Braziliya, Meksika, Hindiston kabi dunyoning 15 ta mamlakatida, shu jumladan O’zbekistonda ham o’z vakolatxonasiga ega. “BENEKS” kompaniyasi 2019 yilda Turkiyada “Mashinasozlik sohasida eng yaxshi innovatsion yechim” mukofoti bilan taqdirlangan.
2017 yilda tashkil etilgan “Tanteks Grupp” kompaniyasi paxtadan kalava ip hamda trikotaj gazlamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ixtisoslashgan bo’lib, 100 milliard so’mdan ortiq yillik mablag’ aylanmasiga ega. Kompaniya mahsulotlarining xorijga eksport hajmi 8,5 million AQSh dollariga teng. Moskva shahrida joylashgan o’z savdo uyi orqali Rossiyaga matolar eksportini amalga oshirib keladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube