Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 170 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YURT TARAQQIYOTI YO’LIDA BIRLASHAYLIK! – FARG’ONADA O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI OLDIDAN BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2021-11-04 21:05:33    302

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Sarbon” tantanalar majmuasida yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari Qobiljon Qirg’izaliyev, viloyat, shahar sektorlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, uyushma xodimlari, hamkor tashkilotlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 23 noyabr kuni imzolangan Qonunga asosan 11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan bo’lib, bugungi kunda mamlakatimizning barcha joylarida ushbu sanaga bag’ishlangan turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi kunda viloyatda kasaba uyushmalari tizimida 3,5 mingdan ortiq boshlang’ich tashkilotlarda 462 mingdan ziyod faollar fidokorona mehnat qilmoqdalar. Asosiysi, kasaba uyushmalari viloyatimizdagi korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarni kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy, huquq va manfaatlarini ta'minlashga, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Tadbir davomida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli va jadal demokratik islohotlar har bir sohani qamrab olgani, isloh bo’lmagan, e'tibor qaratilmagan soha umuman qolmagani ta'kidlanib, kasaba uyushmalari tizimi ham katta o’zgarishlarga yuz tutgani qayd etildi.

So’nggi yillarda tizimga qaratilgan e'tibor natijasida kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir bo’lagiga aylanganini alohida ta'kidlagan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari Qobiljon Qirg’izaliyev soha xodimlarini samimiy qutlab, kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda Farg’onada o’ziga xos tajriba maktabi yaratilganini e'tirof etdi. Xususan, birgina “Ayollar daftari” bilan ishlash borasida viloyatda 100 ming nafardan ziyod xotin-qizlarga amaliy yordam ko’rsatilgani alohida qayd etildi. 

Bayram tadbirida Federatsiya tomonidan e'lon qilingan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla fuqarolar yig’ini raisi”, “Eng yaxshi ayol ish beruvchi” va boshqa turli tanlovlarning g’oliblariga diplom, pul mukofotlari, esdalik sovg’alari tantanali topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube