![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
ROSSIYANING YIRIK KOMPANIYALARI VAKILLARI FARG’ONADAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZIDA ROSSIYADA ISHLASH ISTAGIDA BO’LGAN HAMYURTLARIMIZ BILAN TANLOV-SUHBAT O’TKAZISHDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/0fb68739a26a36597a990.jpg)
2021-11-05 17:10:33 214
Bugun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xorijda qonuniy ishlash istagini bildirgan farg’onaliklar bilan Rossiya Federatsiyasidagi yirik ish beruvchilar o’rtasida tanlov-suhbat o’tkazildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Farg’ona viloyat filiali tomonidan tashkil etilgan tadbirda Rossiya Federatsiyasidagi “PSP-Farman” “StroyKraft” va “Reneyssans” kabi yirik qurilish kompaniyalari vakillari viloyatimiz tuman va shaharlaridan suhbatga kelgan 600 nafardan ziyod fuqarolarimiz bilan g’isht teruvchi, betonchi, payvandchi, santexnik kabi kasblar bo’yicha suhbat-tanlov o’tkazishdi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolarimizga tez kunda zarur bo’lgan hujjatlar rasmiylashtiriladi va ular Rossiya Federatsiyasining Moskva, Murmansk, Amursk kabi shaharlariga qonuniy tartibda, shartnoma asosida mehnat faoliyatlarini amalga oshirish uchun jo’nab ketishadi. Bunda fuqarolarimizning barcha yo’l xarajatlari, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlar ish beruvchi tomonidan to’lab beriladi, ular bepul turar joy hamda ovqat bilan ta'minlanadi.
Tashkil etilgan suhbat-tanlovga O’zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o’rinbosari Erkin Muhitdinov tashrif buyurishdi.
Mehmonlar monomarkazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqib, suhbat-tanlov yuqori saviyada tashkil etilganligini ta'kidlab o’tishdi.
![](https://telegra.ph/file/0fb68739a26a36597a990.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ba798b2f550dc89ecf4df.jpg)
![](https://telegra.ph/file/971f4bd51051b7a64c339.jpg)
![](https://telegra.ph/file/728be69661eef9f1ed93e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6382e0bdae99b1c4e77e7.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube