Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
RISHTONDA VILOYAT UCHTA SEKTORI RAHBARLARI HAMDA VILOYATDAGI BOSH VAZIR QABULXONASI MUDIRI ISHTIROKIDA TADBIRKORLIK MASALALARI BO’YICHA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2021-11-05 17:12:20 213
Bosh vazirning Farg’ona viloyatidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tashabbusi bilan joriy yilning 5 noyabr kuni viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Doniyor Toshxo’jayev va viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Shukurullo Nisbatxonov hamda viloyatdagi Bosh vazir qabulxonasi mudiri Ibrohim Turg’unov Rishton tumanidagi musiqa maktabida sayyor qabul o’tkazishdi. Qabulda tuman hokimi Sufhonjon Soliyev, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Viloyatning Rishton, Bag’dod, Buvayda hamda Uchko’prik tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni hamda o’z ishini tashkil etishni reja qilayotgan tashabbuskorlarni taklif etgan holda o’tkazilgan qabulda bank krediti olishga ko’maklashish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish yoki yo’lga qo’yish uchun yer maydoni va bo’sh bino-inshootlar ajratilishida yordam berish, soliq to’lovlari bilan bog’liq yengillik taqdim etish hamda tadbirkorlik bilan bog’liq boshqa masalalarni qamragan 90 dan ortiq murojaatlar ko’rib chiqildi.
Ko’plab murojaatlar qabul davomida hal etildi, yechimi muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube