Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASINI AMALGA OSHIRILISHI BO’YICHA QUVA TUMANIDA VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI

×

 2021-11-15 18:42:53    294

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanidagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-tajriba markazi”da viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasini tizimli amalga oshirish chora-tadbirlariga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman hokimlarining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, tuman agroinspektsiya bo’limi boshliqlari, o’simliklar karantini va himoyasi bo’limi boshliqlari, fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raislari, paxta-to’qimachilik, g’allachilik, meva-sabzavotchilik hamda pillachilik klaster korxona rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador barcha tashkilot va idoralar mas'ullari qatnashdilar. Unda 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida manzarali, mevali daraxt, buta va tut ko’chatlarini ekish hamda talab etiladigan ko’chatlarni belgilangan tizim asosida joylarga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, viloyatda qariyb 15 million 300 ming dona mevali va manzarali ko’chatlarni ekish belgilangan bo’lib, tumanlarning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib kashtan, lola daraxti, lipa, oqqayin, eman, yapon saforasi, katalpa, shumtol, qayrag’och, pavloniya, zarang, akatsiya, terak, chinor, hind sireni, jiyda, yong’oq va boshqa mevali daraxt ko’chatlari ekish, shuningdek 15 ta tumanda 1 million tupdan tut ko’chatlari parvarishlash rejalashtirilgan.

Seminarda bu borada har yili 25 mingdan ko’proq xonadonlarda o’rtacha 50 milliondan ziyod manzarali va mevali daraxt ko’chatlari yetishtirilayotgan Quva tumani tajribasi namuna sifatida ko’rsatib o’tildi. Oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube