![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
“QO’QON” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA UMUMIY LOYIHA QIYMATI 500 MLRD. SO’MGA YAQIN BO’LGAN IKKITA YANGI YIRIK TEKSTIL KORXONASI BARPO ETILMOQDA
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/e9875a3edc06851532b4f.jpg)
2021-11-15 18:46:50 265
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Uchko’prik tumanidagi “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida bo’lib, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Viloyat hokimi dastlab 367,3 mlrd. so’mlik qiymatga ega bo’lgan “Qo’qon global teks” MChJ loyihasi qurilish ishlarini boshlash marosimida ishtirok etdi. Tadbirda viloyat va tuman hokimligi vakillari, daxldor tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, respublika va mahalliy OAV vakillari qatnashdilar.
Xayrullo Bozorov tekstil mahsulotlari, kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonada 800 nafar ish o’rni yaratilishiga e'tibor qaratdi. Har yili viloyatda 40-45 ming nafardan ziyod yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotganligini, ular bandligini ta'minlashda yangi korxonalar muhim o’ringa ega ekanligini ta'kidlab, o’tgan besh yil davomida tadbirkorlarga, investorlarga qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilganligini va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lishda davom etishini ta'kidladi.
Muassislarning 106,3 milliard so’m mablag’lari hamda 261 milliard so’m bank krediti hisobiga qad rostlayotgan korxona kelgusi yil yakunida foydalanishga topshiriladi. Yillik 10 ming tonnaga yaqin kalava ip hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladigan korxonada yillik 13,7 million dollarlik eksport amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Viloyat rahbari momiq sochiq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida bunyod etilayotgan “MOLLIS” MChJ da olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Tabdirkorning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan va qiymati 123,6 mlrd. so’m bo’lgan bu loyiha ishga tushsa 2000 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Yiliga 7,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlarni xorijga eksport qilish rejalashtirilgan. Korxonaning birinchi bosqichi kelgusi yilning birinchi choragida ishga tushirilishi, 2022 yil yakuniga qadar qurilish ishlarini yakunlab, to’la quvvat bilan faoliyat yuritishi belgilangan.
![](https://telegra.ph/file/e9875a3edc06851532b4f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2d14700d3f2ff3eba37f8.jpg)
![](https://telegra.ph/file/dbe0c1fe162900bc9fb42.jpg)
![](https://telegra.ph/file/13d8b67d7d05dba0cca5a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/52e265711355e297a0e02.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a1d742db817c37e94d05b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ffc953b2cd62a7d0b2a6c.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube