Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA HAMDA ROSSIYA FEDERATSIYASI VILOYATLARI O’RTASIDA HUDUDLARARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO’TARILMOQDA: VILOYATIMIZ DELEGATSIYASI KURGAN VILOYATIDA
2021-11-15 18:52:19 230
Hududlararo o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borgan Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi o’z tashrifini Kurgan viloyatidan boshladi.
Farg’ona viloyati delegatsiyasi ikki kun davomida Kurgan integratsiyalashgan texnologiyalar zavodi, Vargashinskiy yong’inga qarshi va maxsus texnika zavodi, qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo’ljallangan “LesServis” MChJ hamda Ketovskiy tumanida joylashgan fermer xo’jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ikki tomonning kelishuvi asosida tayyorlangan dasturga asosan dastlab, Kurgan integratsiyalashgan texnologiyalar zavodi faoliyati bilan tanishildi.
Zavod bosh direktori Narkis Galiaskarov delegatsiya a'zolariga hamrohlik qildi. Zavod 2001 yildan beri faoliyat yuritib keladi, hozirda Rossiyaning energetika va sanoat mashinasozligi bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Kurgan integratsiyalashgan texnologiyalar zavodining ishlab chiqarish maydonlari Kurgan shahridagi sanoat parki hududida joylashgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qatoriga gaz porshenli va dizel dvigatellari, gaz kuchaytirgich va kompressor stantsiyalari, elektr bloklari, qattiq maishiy chiqindilarni modulli konstruktsiyada qayta ishlash va utilizatsiya qilishga mo’ljallangan uskunalar kiradi.
Zavod direktoriga “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi haqida ma'lumot berildi va Farg’ona viloyatiga tashrif buyurib, ushbu zona imkoniyatlari bilan tanishish taklif qilindi.
Keyingi manzil “Vargashinskiy yong’inga qarshi va maxsus texnika zavodi” bo’ldi. Korxona rahbari Vladimir Kazakov mehmonlarga zavod faoliyati, xizmat turlari, ishlab chiqarishdan tortib, buyurtmachiga yetib borgunga qadar bo’lgan jarayonlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o’tdi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish doirasida “Vargashinskiy yong’inga qarshi va maxsus texnika zavodi” tankerlarni ta'mirlash, qismlarni almashtirish, tizimlarni modernizatsiya qilish, yong’inga qarshi nasoslarni ishlab chiqarish, sotish va o’rnatish, tanklarni izolyatsiyalash, muhrlash, bo’yoq ishlarini tiklash, qo’shimcha korroziyaga qarshi qoplama va boshqa xizmatlarni ko’rsatadi. Korxona yiliga 350 tagacha yong’inga qarshi tanker ishlab chiqarish imkonini beradi.
Hamidullo Hayitov asli O’zbekistondan. Kurgandagi o’zbekistonliklar diasporasi rahbari hamda “LesServis” korxonasi asoschisi. U 2013 yil ushbu korxonaga asos solgan. Korxona O’zbekistonga yiliga 3 ming kubometr yog’och-taxta mahsuloti yetkazib beradi. Korxona rahbari yurtimizning turli viloyatlaridan borgan 50 nafardan ziyod hamyurtlarimizni doimiy ish bilan ta'minlagan. Qurilish materiallari O’zbekiston, Qozog’iston, Afg’oniston, Tojikistonga eksport qilinadi.
Hamyurtimiz korxonadagi ish jarayonlari bilan mehmonlarni birma-bir tanishtirib chiqdi. Delegatsiya a'zolari ham jarayon bilan tanishish asnosida Hamidullo Hayitovning hayrli ishlari bardavom bo’lishligini tilab, keyingi manzil tomon yo’l oldilar.
Shu kuni Ketovskiy tumanida joylashgan 25 ming gektar maydonda tashkil etilgan zotdor ot, chorva mol-qo’ylari boqilayotgan fermer xo’jaligi hamda har birida 5 ming donadan sosna ko’chatlari yetishtirilayotgan issiqxona bilan ham tanishildi.
Bugun delegatsiya a'zolari Kurgan viloyatining investitsion va eksport salohiyati taqdimoti bilan tanishadi hamda Kurgan korxonalari vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube