Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTONDA ILK BOR O’TKAZILAYOTGAN AHMAD AL-FARG’ONIY NOMIDAGI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASI FARG’ONADA TANTANALAR BILAN BOSHLANDI

×

 2021-11-15 19:06:08    303

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy nomidagi birinchi xalqaro fizika olimpiadasi qatnashchilari dastlab Farg’ona shahridagi Ahmad al-Farg’oniy haykali poyiga gul qo’yib, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga katta xissa qo’shgan bobokalonimizga hurmat-ehtirom ko’rsatishdi.

Shundan so’ng Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. So’z olganlar xalqaro olimpiada eng kuchli, bilimli va iqtidorli o’g’il-qizlarni aniqlashda muhim o’rin tutishini ta'kidlab, barchaga omad tiladilar.

Ikki kun davom etadigan olimpiadada O’zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Ummon davlatlaridan 140 nafarga yaqin 9-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishadi. Shuningdek, Turkiya, Malayziya, Misr, Ozarbayjon kabi 12 ta davlatning vakillari olimpiadada onlayn qatnashib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishadi. Ularni xalqaro miqyosdagi tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hay'ati baholab boradi.

Shunisi e'tiborliki, bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O’zbekiston zaminida keng rivojlanib, Markaziy Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo’lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi va sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa bo’ldi. Bugungi kunda buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlarini tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish maqsadida aniq fanlarni yoshlarga o’rgatish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 19 martda qabul qilingan “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu yo’nalishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktab o’quvchilari o’rtasida xalqaro olimpiadaning ilk bor tashkil etilishi ham ularning fizika faniga bo’lgan qiziqishini va bilimlarini mustahkamlamoqda. 

Anjumanda ayni jihatlarga ham alohida e'tibor qaratildi. Taniqli san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa barchaga ko’tarinki bayramona kayfiyat ulashdi.

Xalqaro olimpiada 13 noyabrgacha davom etadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube