Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QUVASOY SHAHRINING TO’RTTA SEKTOR RAHBARLARI ISHINI QONIQARSIZ BAHOLADI

×

 2021-11-15 19:40:57    242

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvasoy shahrida bo’lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari, avvalgi tashriflar doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Xayrullo Bozorovga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamrohlik qildi. O’rganish natijalari shaharda sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli qoniqarsiz ekanini, rahbarlarda mas'uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotganini ko’rsatdi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o’rinlari yaratish, kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi qayd etildi. 

Ilk manzilda Farg’ona shahridan Quvasoy shahriga o’tib borishda joylashgan “Pakana” MFY hududida barpo etilayotgan 11 ta yangi ko’p qavatli uy-joylar qurilishi ko’zdan kechirildi. Qurilish ishlari boshlanganiga bir yil muddat o’tgan bo’lsa-da, birorta uy to’liq foydalanishga topshirilmagani viloyat hokimi tomonidan keskin tanqid qilindi. Uy-joylar qurilishi uchun davlat tomonidan ham aholiga, ham quruvchilarga katta imtiyozlar berilayotganiga qaramasdan, qurilish ishlari juda sekin amalga oshirilayotgani, shahar hokimi va uning qurilish sohasiga mas'ul o’rinbosari ishlarni risoladagidek tashkil etmagani qayd etildi. Xayrullo Bozorov o’z vazifasiga mas'uliyatsiz yondashuvi uchun shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosarini ishdan olish bo’yicha topshiriq berdi.

Viloyat hokimi shuningdek, Quvasoydagi Soybo’yi, Pakana, Valik MFY hududlarida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar hamda joylashtirilayotgan investitsiya loyihalari bilan ham tanishdi. Xayrullo Bozorov shahar sektorlari rahbarlarini hududda tadbirkorlar bilan ishlash darajasi qoniqarsiz ekanligi, topshiriqlar ijrosi yetarli bajarilmaganligi uchun qattiq ogohlantirdi. Ba'zi korxonalarning qurilish va montaj ishlari yakunlanganiga qaramay, tadbirkorlar oldidagi ba'zi ob'ektiv va sub'ektiv to’siqlarning vaqtida hal etilmaganligi yoki ma'sullarga yetkazilmaganligi sababli korxonalar to’la quvvat bilan ishlay olmayotgani yoki foydalanishga topshirilmay turganligi aniqlandi. Shahar prokurori sektoridagi birgina Pakana MFYdagi kichik sanoat zonasida ishga tushirish rejalashtirilgan 15 ta loyihaning hozirda atigi 3 tasi amalga oshirilayotgani, qolgan loyihalar bo’yicha ishlar sust ketayotgani yoki amalga oshirilmayotgani viloyat rahbari tomonidan salbiy baholandi. Tadbirkorlar bilan ishlab, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratib, odamlar turmush darajasini ko’tarish eng asosiy vazifa ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, endi ishlar tizimli, tartibli olib borilmasa rahbarlarga keskin choralar ko’rishini aytib o’tdi.

O’rganish jarayonida Quvasoy shahrida mavjud 22 ming gektardan ziyod qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanish ham samarasiz tashkil etilgani ma'lum bo’ldi. Viloyat hokimi shahardagi ekin yerlarini chuqur monitoring qilish, yerlardan samarali foydalanishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni o’rganish va tahlil etish, serhosil qishloq xo’jaligi ekinlarini tizimli joylashtirish bo’yicha tezkor ish tashkil etish yuzasidan mas'ullarga qat'iy ko’rsatma va vazifalar berdi.

Xayrullo Bozorov, Quvasoyda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish doirasida shahardagi Do’stlik MFYda joylashgan “82 KMK” temir-beton plitalari ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini ko’zdan kechirdi, Bo’ston MFYda barpo etilgan yangi mahalla fuqarolar yig’ini binosi, Hamid Olimjon MFY hududida tashkil etilgan xususiy boshlang’ich ta'lim muassasasi hamda til o’rganish markazini ham borib ko’rdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube