Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA ROSSIYANING KURGAN VILOYATLARI O’RTASIDA KO’P TOMONLAMA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

×

 2021-11-15 19:43:04    223

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Kurgan viloyatida bo’lib turibdi.

Kecha viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev hamda Kurgan viloyati gubernatorining iqtisodiy siyosat bo’yicha o’rinbosari Vladimir Arxipov o’rtasida tor doirada uchrashuv o’tkazildi.

So’ng Kurgan viloyatining sog’liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo’jaligi, savdo, sanoat, o’rmonchilik kabi sohalar mas'ullari hamda yirik kompaniyalari bilan G2B hamda B2B muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida salmoqli kelishuvlarga erishildi. Xususan, viloyatimizning “Export Import Quality” , “Exim Agro”, “Farpromtexinpeks” kompaniyalari Kurganning “Metropolis”, “Leto” supermarketlar tarmoqlariga qishloq xo’jaligi, to’qimachilik mahsulotlarini to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berish hamda “Kartofel” YoAJdan arzon va sifatli kartoshka sotib olish bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yishadigan bo’ldi.

Kurgan viloyati qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi yerlarini ijaraga olish va yetishtirilgan kartoshka va yog’och mahsulotlarini Farg’onaga yuborish borasida ham kelishib olindi. Bunda o’rmonchilikda investorlar uchun 1 million 260 ming dollargacha subsidiyalar berilishi, yog’och eksportida davlat ko’magi mavjudligi inobatga olindi.

Rossiyaning mashhur «Ilizarov» milliy meditsina tadqiqot markazi hamda Farg’ona viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi, Farg’ona “Biotest Medical “ MChJ o’rtasida travmatologiya sohasida kadrlar malakasini oshirish, o’zaro qo’shma loyihalar ishlab chiqish borasida kelishuvga erishildi.

Kurgan qishloq xo’jaligi akademiyasi va Kurgan davlat universitetlari bilan ham qo’shma dasturlar ishlab chiqiladigan, farg’onalik talabalarga grant asosida bu oliy ta'lim muassasalarida kvota ajratiladigan bo’ldi.

Shuningdek, Kurgan viloyati tomonidan chorvachilik yo’nalishida qo’shma korxona tashkil etish yoki Rossiya hududida o’zbek kompaniyasini ro’yxatdan o’tkazish taklifi kiritildi. Ikkala holatda ham yer maydoni taqdim etilishi, sug’urta, subsidiyalar ajratilishi ma'lum qilindi. 

Bundan tashqari, maxsus yo’l texnikalari ishlab chiqaruvchi "Region-45" zavodi bilan MAN, KAMAZ va boshqa turdagi mashinalar uchun yo’l tozalash dastgohlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Shuning bilan Kurgan viloyatiga tashrif yakunlandi. Viloyat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi hududlari bo’ylab tashrifi davom etadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube