Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI MAHALLIY BYUDJETINING 2022 YIL UCHUN BYUDJET LOYIHASI MUHOKAMASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-11-15 19:46:10    296

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida videokonferentsaloqa shaklida viloyat mahalliy byudjetining 2022 yil uchun byudjet loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. 

Unda Moliya vazirining o’rinbosari Odilbek Isaqov, viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdi. 

Muhokama-seminarda “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni loyihasidan kelib chiqib 2022 yilgi byudjet-soliq siyosatida ko’zda tutilayotgan asosiy o’zgarishlar haqida to’xtalib o’tildi. Viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari G’anijon Soliyev Farg’ona viloyati bo’yicha 2022 yilgi mahalliy byudjet parametrlari yuzasidan o’z ma'ruzasini o’qib eshittirdi.

Joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida viloyatning mahalliy byudjet daromadlari ijrosi 2 trln. 404,3 mlrd. so’mni (prognoz 1 trln. 878,3 mlrd. so’m) yoki prognozga nisbatan 128 foizni tashkil etdi. Natijada, 9 oylik yakunlariga ko’ra, 536,7 mlrd. so’m (shundan, qo’shilgan qiymat solig’ining 2021 yil 2-chorak prognozidan oshirib bajarilgan qismidan 10,7 mlrd. so’m) mablag’ mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirildi.

Seminarda 2022 yil Davlat byudjetini shakllantirishda soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari, mahalliy byudjetda nazarda tutilayotgan xarajatlar prognozi haqida ham ma'lumotlar berildi. 2022 yil uchun Farg’ona viloyati bo’yicha mahalliy byudjetning xarajatlari 5 trln. 533,4 mlrd. so’mni (2021 yilga nisbatan 145%), tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 1 trln. 319,8 mlrd so’mni (2021 yilga nisbatan mos ravishda 145%) tashkil etishi nazarda tutilmoqda. 

Xususan, xarajatlar tarkibida jami 599,3 mlrd so’m mablag’ Davlat dasturlari va tadbirlariga ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Tadbirda "Ochiq byudjet" (https://openbudget.uz/) axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida tashabbuslar moliyalashtirilayotganligi, hududlardagi muammolarni hal qilish uchun bu imkoniyatdan foydalanishda deputatlar ham faol bo’lishlari kerakligi ta'kidlandi. Shuningdek, deputatlar mahalliy byudjet harajatlari bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar oldilar. 

Oliy Majlisga muhokamaga kiritish uchun o’z takliflarini o’rtaga tashladilar. Zotan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, mamlakatimizda inson qadrini ulug’lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangan va bu tamoyillar byudjetni shakllantirishda ham bosh mezon bo’lishi zarur.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube