
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TOSHLOQ TUMANI SANOATI RIVOJLANGAN HUDUDGA AYLANMOQDA

2021-11-15 19:49:58 397
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalarining ijrosi, shuningdek sektorlar faoliyati samaradorligini o’rganish maqsadida bugun Toshloq tumanida bo’ldi. Xayrullo Bozorovga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamrohlik qildi.
Viloyat rahbari Kelajak kichik sanoat zonasi hududida “Mng-Groups” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan armatura va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
3,3 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu korxonaning dastlabki bosqichida tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan 18 milliard so’m investitsiya yo’naltirilgan. Ikkinchi bosqichda korxonaga kiritiladigan sarmoya hajmi 40 milliard so’mga yetkaziladi.
Xayrullo Bozorov yog’-moy maxsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilish ishlari jarayonini ham borib ko’rdi. Tumanda paxta-to’qimachilik klasteri tarkibiga kiruvchi ushbu yangi zavod, joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Qiymati 76 milliard so’m bo’lgan yangi korxona loyihasiga 3,7 million dollar bank krediti jalb etilgan bo’lsa, qolgan mablag’ korxonaning o’z sarmoyasidir.
Viloyat hokimi shuningdek, ichimlik suvi, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari hamda tomchilab sug’orish tizimlari uchun plastmassa quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mega Polimer” korxonasining tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdi.
Umumiy maydoni 1,8 gektarni tashkil etadigan, 2 700 kvadrat metr ishlab chiqarish maydonida joylashgan ushbu korxona yillik 300 ming pogonometr turli o’lchamdagi plastmassa quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha qiymati 70,7 milliard so’mni tashkil etadigan korxona, 20 milliard so’m tadbirkorning o’z sarmoyasi va 5 million dollar bank krediti hisobidan barpo etildi. korxonada 70 ta yangi ish o’rni yaratildi.
Tuman sektorlari rahbarlari bilan kichik sanoat zonalaridagi loyihalarning borishi yuzasidan muhokama o’tkazgan viloyat hokimi, har bir loyihaning o’z muddatida va muvaffaqiyatli amalga oshishi negizida yangi ish o’rinlari, aholi turmushi farovonligi, iqtisodiyotning rivojlanishi, qo’shimcha soliqlar mavjudligini qayd etib, tuman rahbarlari loyihalar ijrosi bo’yicha o’z mas'uliyatlarini yanada chuqurroq his etishlari lozimligini ta'kidladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube