
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA ROSSIYANING SVERDLOVSK VILOYATLARI HAMKORLIGI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI

2021-11-16 09:42:52 270
Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi bo’ylab tashrifini Sverdlovsk viloyatida davom ettirdi.
Dastlab Sverdlovsk viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari Aleksey Shmыkov bilan tor doirada uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda ikki tomonlama tekstil, to’qimachilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining import, eksport masalalari, ta'lim, sog’liqni saqlash kabi yo’nalishlarda hamkorlik va qo’shma loyihalar borasida ishlash, rus-o’zbek madaniyati, tarixi, urf-odatlarini o’zida aks ettiruvchi forumlarni tashkil qilish borasida muzokaralar olib borildi.
Ekaterinburg shahri ma'muriyatida tashkil etilgan B2B uchrashuvda esa farg’onalik tadbirkorlar qishloq xo’jaligi mahsulotlariga qiziqish bildirayotgan qator mahalliy savdo tarmoqlari bilan o’z mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha muzokaralarni olib bordilar.
Ekaterinburg shahridagi yillik mato savdo hajmi 2 mln pogonametrdan ziyod bo’lgan "Tekstil" savdo uyi rahbariyati bilan uchrashuvda Farg’ona viloyatida faoliyat olib boruvchi salohiyatli tekstil, to’qimachilik yo’nalishidagi korxonalar ham onlayn tarzda qatnashishdi.
Unda Rossiya tomoni talabiga ko’ra, mato va ip mahsulotlari, tayyor to’qimachilik mahsulotlarini yetkazishga kelishib olindi. Savdo uyi rahbariyati dekabr oyi boshida Farg’onaga amalga oshiradigan tashrifi chog’ida kelishuv va shartnomalar imzolanishiga kelishib olindi.
Sverdlovsk viloyati Agrosanoat majmui va iste'mol bozori vazirligi vakillari hamda ixtisoslashtirilgan korxonalar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda meva mahsulotlarini to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish logistikasi, sotib olish, saqlash va Rossiyaning boshqa hududlariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Mezbon tomonidan o’rmon qurilish mahsulotlarini yurtimizga yetkazib berish taklifi bildirildi.
Farg’ona viloyatida axborotga ishlov berish va saqlash tizimiga asoslangan “Mintaqaviy akusherlik monitoringi”ni joriy etish imkoniyatlari bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.
Unda Sverdlovsk viloyati sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari, viloyat markaziy shifoxonasi bosh vrachi, bosh akusher-ginekologi, shu tizimni joriy etgan AKT tashkiloti rahbari qatnashdi. Uchrashuvda ushbu tizimni Farg’onada ham joriy etishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari “4-son meva-sabzavotchilik bazasi”, “ Ekomoll Granat” markazi faoliyati, "Zamorozka.pro" qishloq xo’jaligi mahsulotlarini quritishga mo’ljallangan korxonasidagi ish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishishdi.
Shuning bilan Sverdlovsk viloyatiga tashrif yakunlandi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube