Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI RISHTONDA YANGI KO’P QAVATLI UYLAR QURILISHI BILAN TANISHDI

×

 2021-11-16 09:44:34    285

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Rishton tumanida bo’lib, tumanda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish loyihalari, qurilish bunyodkorlik ishlari hamda qishloq xo’jaligi sohasidagi hayotga tadbiq etilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan tanishdi. 

Viloyat hokimi dastlab, “Markaz” MFYda qad rostlayotgan ko’p qavatli uylardan iborat bo’lgan “To’qimachi” mavzesida bo’ldi. Bugun ushbu hudud chinakam bunyodkorlik maydoniga aylangan. “Markaz” MFYda 18 ta to’rt qavatli 3 pod'ezdli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunga qadar ularning 8 tasi foydalanishga topshirilgan, qolgan uylarda so’nggi pardozlash ishlari davom etmoqda. 

Viloyat hokimi noyabr oyi oxiriga qadar qurilish ishlarini sifatli yakunlab, mavzening tantanali ochilish tadbirini yuqori ko’tarinkilik bilan tashkillash yuzasidan topshiriq berdi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga uylarning yerto’la qismlaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratish bo’yicha tuman mutasaddilariga ko’rsatmalar berildi.

Xayrullo Bozorov “Markaz” mahalla fuqarolar yig’ini yangi binosining ochilish tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirkor-quruvchi Suhbatjon Qodirov tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan binoda mahalla xodimlarining samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ushbu mahallada yashovchi o’nlab yosh yigit-qizlarga o’zini o’zi band qilishi uchun tikuv mashinalari, payvandlash va dori sepish uskunalari, velosipedlar topshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube