Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDAGI BURHONIDDIN AR-ROSHIDONIY AL-MARG’INONIY ZIYORATGOHI HUDUDIDA YIRIK MA'RIFIY MARKAZ BARPO ETISH HAMDA “FIQH” ILMIY-AMALIY MARKAZINI TASHKIL ETISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2021-11-16 09:45:53    997

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanidagi o’rganishlar jarayonida tumandagi Burhoniddin ar-Roshidoniy nomidagi “Sohibi Hidoya” ziyoratgohida bo’ldi. Xayrullo Bozorov, viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro grantini jalb etgan holda ziyoratgohni rekonstruktsiya va restavratsiya qilish loyihasi bilan joyida tanishdi.

Ziyoratgohning “Sohibi Hidoya” deb atalishi fiqh ilmi, ya'ni Islom huquqshunosligining eng zabardast allomalaridan biri, “Burhoniddin val-Milla” (dinning va xalqlarning hujjati) nomi bilan sharaflangan buyuk olim Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg’inoniyning fiqh ilmidagi shoh asari bo’lgan “Al-Hidoya”dan olingan bo’lib, forsiyda “Hidoya asarining egasi, ya'ni muallifi” degan ma'noni anglatadi.

Rejalashtirilayotgan loyihaga ko’ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida yangi va zamonaviy bino-ishootlar qurilishi va uning negizida “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etish, kutubxona barpo etish, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Loyiha bilan tanishgan viloyat hokimi, yangi majmuada Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg’inoniyning hayoti va asarlariga bag’ishlangan muzey tashkil etish taklifini ilgari surdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube