Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA TA'LIM SOHASIDA XUSUSIY SEKTOR ULUSHI OSHMOQDA: FARG’ONA SHAHRIDA “FENIX” DEB NOMLANGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI 

×

 2021-11-16 09:47:03    433

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida nodavlat ta'lim muassasalari soni bittaga ko’payib, Farg’ona shahrida “Fenix” deb nomlangan maktab foydalanishga topshirildi.

Yangi maktabning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, O’zbekiston kelajagi uchun eng muhim sarmoya ta'limga yo’naltirilgan investitsiya ekanligini ta'kidladi. Sektor rahbarlari bilan birgalikda bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda o’quvchilar bilan suhbatlashdi.

Tadbirkor Dolimjon Obidov tomonidan mazkur loyihaga 2,5 milliard so’m mablag’ sarflanib, xalqaro talablar asosidagi ta'lim maskani bunyod etildi. 120 o’rinli maktabda ayni kunlarda boshlang’ich sinf o’quvchilari keng va barcha sharoitlarga ega bo’lgan xonalarda ta'lim olmoqda. Sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo’lib, xorijiy tillar chuqurlashtirilib o’qitiladi. E'tiborli jihati, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari bepul o’qitiladi.

Ayni kunlarda mazkur loyihaning ikkinchi bosqichi boshlangan bo’lib, uch qavatli 280 o’rinli bino qurilishi amalga oshirilmoqda. Ishlar to’liq yakunlangach, ta'lim maskanida 400 nafar o’g’il-qiz ilg’or ta'lim standartlari asosida o’qitiladi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube