Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA CHINNI VA KERAMIKA MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA YANGI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2021-11-16 09:50:01    362

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Navbahor MFY hududidagi “Mohidiyor Roshidon” va “Olimjon Ilyosbek” korxonalarini borib ko’rdi.

Chinni va keramika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, chinni mahsulotlari va elektr tarmoqlari uchun izolyatorlar ishlab chiqaruvchi “Mohidiyor Roshidon” oilaviy korxonasida bir yilda 8 milliard so’mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi. Amalga oshirilayotgan qiymati 6 milliard so’m bo’lgan yangi loyiha hisobiga korxonada qo’shimcha 70 ta ish o’rni yaratiladi, yillik ishlab chiqarish qiymati esa 2 milliard so’mga ko’payadi. Markaziy Osiyodagi kam sonli izolyator ishlab chiqaruvchilardan biri bo’lgan “Mohidiyor Roshidon”mahsulotlarini qo’shni davlatlarga hamda Gretsiyaga eksport qilish boshlanmoqda.

“Olimjon Ilyosbek” korxonasida esa 7 milliard so’mlik yangi ishlab chiqarish liniyasi tashkil etilayotgan bo’lib, 100 ta yangi ish o’rni shakllantirilmoqda.

Viloyat hokimi, shuningdek tumandagi A.Navoiy MFY hududida joylashgan, sobiq keramika zavodining bo’sh turgan bino-inshootlari negizida tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan tashkil etilgan chinni mahsulotlariga bezak berish tsexini borib ko’rdi. Bugungi kunda bu yerda 50 dan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan ta'minlangan. Shuningdek, ishsiz mahalla ayollari ham kasanachilik asosida ishga jalb etib kelinmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube