
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
RISHTONDA ELEKTROSKUTERLAR VA YUK MOTOROLLERLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

2021-11-16 09:56:54 383
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumani To’raobod MFYda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Saidahmad Akbarov tomonidan tashkil etilgan elektroskuterlar va yuk motorollerlarini yig’ish tsexida bo’ldi.
Energiya tejamkor, xavfsiz va ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mazkur transport vositalarining tarkibiy qismlari Xitoydan keltirilib, Rishtondagi “Start-Max” mas'uliyati cheklangan jamiyatida foydalanishga tayyor holda sotuvga chiqarilmoqda. Korxonada mahsulotlarga talab yuqori bo’lgan davrda yuzdan ziyod ishchi-xodim mehnat qiladi.
Mini, klassik, xay-tek kabi to’qqiz xildagi motorollerlarning bugun viloyat bo’yicha bozori chaqqon. Hozirgacha ana shunday transport vositalaridan 1000dan ortiq yig’ilib, savdoga chiqarilgan. Narxi motor quvvatiga qarab 12 milliondan 20 milliongacha borishi mumkin.
Viloyat hokimi bilan muloqot chog’ida tadbirkor, ishlab chiqarishni kengaytirish istagida ekanini bildirdi. Unga Rishton tumanida yoki Farg’ona shahrida foydalanilmay bo’sh turgan bino inshootlardan joy ajratish bo’yicha ish tashkil etish yuzasidan mas'ullarga ko’rsatma berildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube