
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BMT TARAQQIYOT DASTURI DOIRASIDA VODIY VILOYATLARIDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN LOYIHA FARG’ONADA MUHOKAMA QILINDI

2021-11-16 10:02:23 544
Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov BMT Taraqqiyot dasturining Kompleks tiklanish va mahalliy rivojlanish bo’yicha maslahatchisi Tom Torogud hamda loyiha menejeri Isomiddin Akramovlarni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Isomiddin Akramov YEvropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, “Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi va barqaror rivojlanish (2021-2024)” loyihasi haqida ma'lumot berdi.
"Ushbu loyiha BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan mahalliy xamjamiyatlar va mintaqaviy manfaatdor tomonlarning iqlim o’zgarishi va uning ta'siri bilan bog’liq tahdid va xatarlarga chidamlilikni oshirish maqsadida ishlab chiqilgan”,- dedi loyiha menejeri.
Xususan, loyiha Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston Respublikalarining transchegaraviy zonasi – Farg’ona vodiysida barqarorlikni ta'minlash va iqlim o’zgarishiga chidamli rivojlanish modellarini ishlab chiqish uchun ko’maklashishga qaratilgan. Davlat idoralari, mahalliy hokimiyat vakillari va manfaatdor tomonlar, shuningdek Farg’ona vodiysida yashovchi aholi bilan yaqindan hamkorlik qilinib, iqlim havflarini baholash bo’yicha bilimlar bazasi yaratiladi va salohiyatni oshirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Shu jumladan qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholini kutilayotgan havflar to’g’risida oldindan xabardor qilish mexanizmlari tadbiq qilinadi va bunda jamoatchilik ishtiroki ta'minlanadi.
Tadbirda loyiha qizg’in muhokama qilinib, iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolarni, kasalliklarni joylarga chiqib o’rganish va aniq yechimlar belgilash taklifi bildirildi.
Viloyat hokimi o’rinbosari Alibek Tursunov chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ishlarni doimiy tahlil qilib borish uchun tizim vakillaridan aniq mas'ullarni belgilash zarurligini ta'kidladi. Quvasoy shahri, Farg’ona, O’zbekiston va So’x tumanlarida loyiha doirasida o’rganishlar olib borilib, iqlim o’zgarishi xavflari to’g’risida aholini oldindan ogohlantirish mexanizmlari va profilaktik choralarni amalga oshirishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube