Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA AHOLINI VA IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARINI QISH MAVSUMIDA KO’MIR BILAN KAFOLATLI TA'MINLASH USTUVOR VAZIFA QILIB BELGILANDI

×

 2021-11-16 17:47:16    306

PDF yuklash
Chop etish


“Ko’mir ta'minot” MChJ Farg’ona filiali tomonidan 8 ta – Beshariq, Furqat, Qaqir, Buvayda, Bag’dod, Oltiariq, Marg’ilon va Quva ko’mir omborlari orqali aholiga hamda ijtimoiy tashkilotlarga ko’mir va briket mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Mavsum uchun viloyat aholisiga 186 ming tonna ko’mir va briket yoqilg’isi yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Uning 115 ming tonnasi Angren ko’mir mahsuloti bo’lsa, 71 ming tonnasi chetdan olib kelinadi.

Hozirgi kunga qadar Angrendan 85 ming tonna, xorijdan 74 ming tonna ko’mir mahsuloti olib kelinishiga erishildi. Viloyatdagi ijtimoiy soha ob'ektlariga 68 ming 562 tonna mahsulot yetkazib berilib, xalq ta'limi, maktabgacha ta'lim, kasb-hunar ta'limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muassasalari belgilangan reja asosida to’liq ta'minlandi. Shuningdek, filial tomonidan viloyatning chegara va tog’li hududlari ta'minoti uchun alohida zaxira yaratildi.

Viloyatning anklav hududida joylashgan So’x tumani, Farg’ona tumanining Shohimardon va Yordon, Rishton tumaniga qarashli Cho’ng’ara qishloqlariga ko’mirni o’z vaqtida yetkazib berish maqsadida maxsus avtotransport korxonalari bilan shartnoma imzolangan. Bu hududlarga ko’mir yetkazib berishning transport xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Hozirgi kunga qadar viloyatning anklav hududlariga 3 ming tonnadan ortiq ko’mir yetkazib berildi.

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarini uzluksiz ravishda ko’mir bilan ta'minlash uchun har bir soha kesimida talab va ehtiyoj alohida o’rganib chiqildi. Natijada mahsulot yetkazib berish uchun yangi shartnomalar imzolanib, 17,9 ming tonna qo’shimcha zaxira yaratildi.

Shu kunlarda belgilangan reja-jadvali bo’yicha viloyatdagi har bir mahalla ehtiyojidan kelib chiqib, imtiyozli narxda – Angren ko’mir narhi kilosi 300.3 so’mdan yetkazib berilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube