Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MOSKVADA O’ZBEKISTON – ROSSIYA IKKINCHI HUDUDLARARO HAMKORLIK FORUMI BO’LIB O’TDI
2021-11-18 09:19:09 230
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19 noyabr kuni boshlanadigan Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi oldidan Moskvada O’zbekiston – Rossiya ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi bo’lib o’tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov forum ishida Farg’onadan onlayn ishtirok etdi.
Ikki mamlakat viloyatlari hamda respublikalari rahbarlari, vazirlari va boshqa rasmiylari ishtirokida o’tkazilgan ushbu anjuman O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning forum ishtirokchilariga videomurojaatlari bilan boshlandi. Davlatimiz rahbarining chiqishida hamkorlikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli yirik loyihalar qatorida Rishton tumanidagi “Rus O’zbekteks” paxtachilik klasteri tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham qayd etildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida o’tkazilgan forumda ikki mamlakat hududlari o’rtasida mustahkam va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarining bugungi holati tahlil qilindi, rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Farg’ona viloyatida bugungi kunda Rossiya kapitali ishtirokida 125 ta korxona faoliyat olib bormoqda. So’nggi to’rt yil ichida bunday korxonalar soni 2,5 barobarga oshganini qayd etish lozim. Viloyatimizning Rossiya Federatsiyasi bilan o’zaro savdo aylanmasi joriy yilning o’tgan o’n oyida 338,7 million dollarni tashkil etdi. Bu borada o’tgan yilning mos davriga nisbatan 132 foiz o’sish qayd etildi. 2021 yil yanvar-oktyabr oylarida Rossiyaga viloyatimiz sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti hajmi esa 193,7 million dollarga teng bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube