
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BUGUN FARG’ONA OSMONIDA YUZASI 1100 KVADRAT METR BO’LGAN ULKAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BAYROG’I HILPIRAYDI.

2021-11-18 09:19:56 299
18 noyabr kuni soat 10:00da Farg’ona okrug dala poligonida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining 30 yilligi munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi, Farg’ona viloyati hokimligi va Farg’ona shahar hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan harbiy Vatanparvarlik festivali bo’lib o’tadi.
Tadbirning asosiy qismida Farg’ona havo desantchilari tomonidan 2500-3000 metr balandlikdan, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 1 100 m2 li hajmdagi shakli bilan, ekstremal sharoitda parashyutdan amaliy sakrash orqali jahon rekordini yangilash amalga oshiriladi. Sakrash vaqti soat 10:25 va 10:35 lar atrofida bo’lishi ko’zda tutilgan.
Mo’ljal: Farg’ona aeroport yo’nalishi bo’yicha, Ilg’or Farg’ona ot zavodi oldidagi, Metan YoQSh yonidagi Farg’ona poligoniga kirish joyi.
Barcha hamyurtlarimizni ushbu tadbirga tashrif buyurib, musaffo osmonimiz uzra yurt bayrog’ining mag’rur hilpirashi iftixorini birgalikda his etishga chaqiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube