Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida 2021 yil 1-yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari

 2021-07-18 09:31:25    529

PDF yuklash
Chop etish


Tahlillarga ko‘ra, 2021 yil 1-yarim yilligi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan viloyat hokimligiga 4 445 ta, shundan viloyat hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3 984 ta yozma va 461 ta elektron murojaatlar kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 barobarga yoki 3 100 taga ko‘paygan.

Murojaatlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan qabullar davomida 847 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilish, joylarda aholi muammolarini o‘rganish va aniqlangan har bir masalani chuqur o‘rganib, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda murojaatlarni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmayotganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bolalar nafaqa puli to‘lash (8,8 barobar), uy-joylarni ta’mirlash (6,2 barobar), sog‘liqni saqlash (5,9 barobar), moddiy yordam ajratish (4,5 barobar), bank krediti ajratish, (4,2 barobar), tadbirkorlikni rivojlantirish (4,2) masalalarida kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda.

Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida Quvasoy (5,1 barobar), Farg‘ona (3,9 barobar), Marg‘ilon (3,5 barobar), shaharlari, Toshloq (4,9 barobar), Quva (4,1 barobar), Farg‘ona (4,1 barobar), Yozyovon (3,9 barobar), Qo‘shtepa (3,9 barobar), So‘x (3,7 barobar) tumanlarida murojaatlar kelib tushishi o‘tgan yilning 1-yarim yilligiga nisbatan ortgan.

Murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 51,2 foiz murojaatlar ijobiy hal etilgan. Lekin, shahar, tumanlar hokimliklarida murojaatlarni to‘liq va holisona ko‘rib chiqmaslik natijasida murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi Beshariq tumanida 14 foiz, Quva tumanida 25,6 foiz, Bog‘dod tumanida 26,1 foiz, Qo‘qon shahrida 27,2 foiz, Buvayda tumanida 27,5 foiz, Farg‘ona tumanida 29,2 foizni tashkil etdi.

Joylardagi tizimli muammolar chuqur o‘rganilmaganligi, ularni o‘z vaqtida hal etish choralari ko‘rilmaganligi sababli Farg‘ona shahrida moddiy yordam (4,1 barobar), Quvasoy shahrida obodonlashtirish (4,8 barobar), moddiy yordam (4,1 barobar), Bag‘dod tumanida uy-joy bilan ta’minlash (3,7 barobar), Dang‘ara tumanida moddiy yordam (3,6 barobar), Yozyovon tumanida fermer xo‘jaliklari (6,8 barobar), oila (5,2 barobar), Farg‘ona tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish (3 barobar), Uchko‘prik tumanida bank krediti (4,7 barobar) Oltiariq tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati (4,1 barobar) masalalariga oid murojaatlar kelib tushishi keskin ortib ketgan.