Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijalari
2021-10-11 09:41:59 365
Bugungi kunda viloyatimizda aholining har bir murojaatiga jiddiy e’tibor qaratilib, hokimiyat va boshqaruv tizimida ishlayotgan har bir rahbar va xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondoshishlarini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan viloyat hokimligiga 6 217 ta, shundan viloyat hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 554 ta yozma va 1 663 ta elektron murojaatlar kelib tushgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 barobarga yoki 4 375 taga ko‘paygan.
Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra tahlil etilganda, ijtimoiy nafaqa tayinlash masalalari 275%, uylarni ta’mirlash masalalari 204%, sog‘liqni saqlash masalalari 200%, elektr va gazlashtirish masalalari 196%, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari 148%, bank krediti masalalari 144%, moddiy yordam masalalari 142%, xalq ta’limi masalalari 136%, uy-joy va yer olish masalalari 134%, mahalla masalalari 134%, qurilish masalalari 119%ga ortgan.
Jumladan, viloyatimizda murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi 52,1 foizni tashkil etgan bir paytda, bu ko‘rsatgich Qo‘shtepa tumanida 38,7 foiz, So‘x tumanida 39,9 foiz, Toshloq tumanida 40,1 foizni tashkil etdi. Buning natijasida, murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, murojaatlarni o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lganligi uchun viloyat hokimligiga 345 ta takroriy murojaatlar kelib tushgan. Shulardan, eng ko‘p takroriy murojaatlar Farg‘ona (51), Qo‘qon (32 ta), Marg‘ilon (31 ta) shaharlari, Oltiariq (25), O‘zbekiston (22 ta), Buvayda (21 ta) ta, Farg‘ona (20 ta) tumanlari hokimliklariga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatlar va murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Marg‘ilon (3,8 barobar), Farg‘ona (3,6 barobar), Quvasoy (3,8 barobar), shaharlari, So‘x (4,6 barobar), Qo‘shtepa (4,3 barobar), Yozyovon (4,1 barobar), Toshloq (4,1 barobar), Furqat (4,3 barobar), Farg‘ona (3,9 barobar), Quva (3,9 barobar) tumanlarida ortgan.
Joylardagi tizimli muammolar chuqur o‘rganilmaganligi, ularni o‘z vaqtida hal etish choralari ko‘rilmaganligi sababli Marg‘ilon shahrida nafaqa tayinlash (7,3 barobar), Farg‘ona (3,6 barobar), Quvasoy (3,2 barobar) shaharlari, Uchko‘prik (4,6 6arobar) tumanida moddiy yordam, Bag‘dod tumanida uy-joy bilan ta’minlash (2,9 barobar), Buvayda tumanida uylarni ta’mirlash (4,1 barobar), Yozyovon tumanida fermer xo‘jaliklari (7,2 barobar), oila (5,2 barobar), bank krediti ajratish (3,7 barobar), Uchko‘prik tumanida bank krediti ajratish (7,1 barobar), fermer xo‘jaliklari (8 barobar), Oltiariq tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati (5 barobar), sog‘liqni saqlash (3,7 barobar) masalalariga oid murojaatlar kelib tushishi keskin ortib ketgan.
Hokimliklarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelgan murojaatlar bilan ishlashda yetarli nazorat o‘rnatilmaganligi natijasida 303 ta, shundan Farg‘ona (40 ta), Marg‘ilon (10 ta), Qo‘qon (24 ta) shaharlari, Oltiariq (17 ta), Rishton (16 ta), Uchko‘prik (10 ta), Toshloq (10 ta) tumanlari, Mahalla va oilan qo‘llab-quvvatlash (24 ta), Sog‘liqni saqlash (23 ta) boshqarmalarida murojaatlarni o‘rganish asossiz ravishda kechiktirilgan.