Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA OSMONIDA ULKAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BAYROG’I HILPIRADI

×

 2021-11-18 19:28:57    355

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’onada O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kunga bag’ishlangan harbiy vatanparvarlik festivali bo’lib o’tdi. 

Viloyat hokimligi, shahar hokimligi hamda Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi hamkorligida “Farg’ona” dala-o’quv maydonida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Hayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari barchani bayram bilan tabriklab, o’ttiz yildan buyon bayrog’imiz xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahon aro ifodasi ramzi bo’lib xizmat qilayotganligini ta'kidladi.

“Yurtimiz bayrog’i – o’tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsolidir. Musaffo osmonimiz uzra mag’rur hilpirayotgan yurt bayrog’ini ko’rgan paytimizda qalblarimiz beixtiyor to’lqinlanadi, faxr-iftixor paydo bo’ladi. Ayniqsa, mana shunday tadbirlarni ko’proq o’tkazishimiz kerak. Yoshlarimizni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda buning ahamiyati katta. Bu bayram ham bizning g’urur-iftixorimizdir”, - dedi Hayrullo Bozorov.

Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g’alaba timsoli bo’lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur g’oliblik bayrog’ini yuksak ko’tardi. Bugungi kunda Istiqlol tug’i sifatida yana samolarga bo’y cho’zgan bayrog’imiz kuchli davlatimizning, qudratli armiyamizning himoyasi ostida ekani bizni quvontiradi, buyuk O’zbekistonimizning ertangi porloq kelajagiga bo’lgan ishonchimizni mustahkamlaydi. Shu ma'noda keng jamoatchilik vakillari, harbiylar va yoshlar qatnashgan tadbirda harbiy texnikalar ko’rgazmasi ham tashkil etilgani bayramning mohiyatini yanada oshiradi.

Farg’ona shahrida joylashgan harbiy qism havo desantchilarining davlatimiz bayrog’i bilan sakrash mashqlari namoyish etildi. 2 ming 500 metr balandlikdan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 1 100 metr kvadrat hajmdagi shakli bilan ekstremal sharoitda parashyutdan amaliy sakrash mashqi esa ishtirokchilar qalbida faxr-iftixor uyg’otdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube