Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 259 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN FARG’ONADA KATTA TANTANA QILINDI

×

 2021-11-18 19:34:00    386

PDF yuklash
Chop etish


Dunyo uzra mustaqil O’zbekistonning bayrog’i hilpiray boshlaganiga 30 yil to’ldi. Bayrog’imiz xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahon aro ifodasi ramzi bo’lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz bayrog’i – o’tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsolidir. Bayroqda ruhiyatimiz, mehr-muhabbatimiz, g’urur va iftixorimiz, Vatanga, xalqqa, porloq kelajakka komil ishonchimiz mujassamdir. O’zbekistonimiz bayrog’i ham yurtimizda yashovchi 130 dan ziyod millat va elatlarni yagona maqsad va g’oya ostida birlashtiruvchi muqaddas qadriyat, millatlararo totuvlik belgisidir.

Shu munosabat bilan viloyatimizda ham O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosib ravishda nishonlandi. Farg’ona shahridagi ko’p tarmoqli “Samo” sport majmuasida bayramning rasmiy qismi bo’lib o’tdi.

Tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov kirish so’zi bilan ochib berdi, hokim o’rinbosari o’z so’zida Bayroq xalqning buyuk qadriyatlaridan, uning o’zligini ifodalovchi yuksak xususiyatlaridan biri ekaniga to’xtalib, davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida bayroq ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g’alaba timsoli bo’lganiga alohida urg’u berdi.

Harbiy muassasalar, madaniyat va san'at vakillari ishtirokidagi musiqiy badiiy-kompozitsion chiqishlar yig’ilganlarga birdek manzur bo’ldi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube