Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
NOTINCH OILALAR HAMDA OLDINI OLISH MUMKIN BO’LGAN JINOYATLARNING SONINI KAMAYTIRISH BO’YICHA “FARG’ONA TAJRIBASI” YARATILADI
2021-11-20 19:40:27 473
Bugun viloyat hokimligida mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi holatlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Olim Saliyev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining birinchi o’rinbosari Gulnora Marufova, viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokimlar o’rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.
Kun tartibidagi masala Respublika ishchi guruhi tomonidan 15-20 noyabr kunlari Farg’ona viloyatida olib borilgan o’rganish natijalariga qaratildi.
Viloyatdagi notinch oilalar, shuningdek, oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlar soni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Olim Saliyevning ma'lumotida tahlil qilib o’tildi.
“Ishchi guruhi faoliyati davomida mahallalardagi mavjud salbiy holatlar ichida aynan shu ikki yo’nalishni asosiy etib belgilab, notinch oilalar hamda oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlar sonini kamaytirish bo’yicha “Farg’ona tajribasi”ni yaratishni maqsad qildik”, - dedi Olim Saliyev.
Garchi, viloyatda 1052 ta mahallada xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlashda, ajrimlarning oldini olishda hamda boshqa yo’nalishlarda katta ishlar olib borilgan bo’lsa-da, 9 oylik tahlillarga ko’ra, viloyat bo’yicha jami 1 278 ta notinch oila ro’yxatga olingani qayd etildi. Mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar va oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlarning profilaktikasi sohasida ham olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish lozimligi ta'kidlandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari, O’zbekiston va Farg’ona tumanlarida bu borada olib borilayotgan ishlarni qoniqarsiz deb baholadi. Agar ikki oy muddatda holat sezilarli darajada ijobiy tarafga o’zgarmasa, hududlardagi ichki ishlar idoralari mutasaddilarining 40-50 foizini ishdan olinishini ma'lum qildi. Viloyat rahbari jinoyatchilik ko’p kuzatilayotgan barcha bozorlarga to’liq kameralar o’rnatish zarurligi yuzasidan topshiriq berdi. Jinoyatlarni kamaytirishning asosiy omili iqtisodiy-ijtimoiy muammolar bilan bog’liq ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov, joylarda xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash, yoshlar ta'lim-tarbiyasini kuchaytirish, aholi bandligiga ko’maklashish, ajrimlarning oldini olish chora-tadbirlariga birma bir to’xtalib o’tdi.
“Bugungi yig’ilishdan har bir rahbar o’ziga tegishli xulosa chiqarib olishi kerak”, - dedi viloyat rahbari.
Yig’ilishda kun tartibidagi masalalar, ularni hal etish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube