Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYATI KENGASHINING NAVBATDAGI O’TTIZ YETTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI 

×

 2021-11-20 21:40:00    203

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining navbatdagi o’ttiz yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi. Sessiyaning ochilishida so’z olgan viloyat rahbari, deputatlarni yanada faol bo’lishga, jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlarga, yangiliklarga hozirjavoblikka, takliflar bildirib, tashabbus ko’rsatib, kuyib-yonib mehnat qilishga chorladi. Yurtimizda ishlab chiqilayotgan yangi tizimga ko’ra kelajakda hokimlar Kengash raisi bo’lmasligini, ijro organi Kengash oldida hisobdor bo’lishini aytgan viloyat hokimi, deputatlar shu jarayonlarga tayyor bo’lishi lozimligini ta'kidladi.

Sessiya kun tartibiga ko’ra, dastlab viloyatimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Shundan so’ng viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Fayzulla Qosimov yoshlar muammolarini o’rganish, ularni hal etilishiga ko’maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar to’g’risida hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari kotibiyati mudiri G’ulomjon Boypo’latov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg’or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi”gi qarori ijrosi haqida ma'lumot berdi.

Sessiyada gender tengligi, sud-huquq yo’nalishida olib borilayotgan ishlar kabi yana bir qator masalalar ham ko’rib chiqildi va kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube