Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQ TUMANI: QISHLOQ XO’JALIGI ZAMONAVIY MEZONLAR ASOSIDA RIVOJLANADI

×

 2021-11-22 14:18:57    240

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Beshariq tuman markazidan 35 kilometr olisda joylashgan Shodaqoziq massivining qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan qum barxanlari o’rnida 80 gektar yerda tut plantatsiyasi tashkil etilyapti. Tuman hokimligi, “Beshariq ipagi” MChJ pillachilik klasteri hamda fermer xo’jaliklari tashabbusi bilan 500 ming tup tut ko’chatlari ekilib, kasanachilik asosida 1000 ta yangi ish o’rni yaratish rejalashtirilgan.

Tadbirkor Qahramon Abdullayev tomonidan Shodaqoziq massivining qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlarida yilqichilik, baliqchilik, dorivor giyohlaar yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham e'tiborga sazovor.

- Hozircha 40 gektar yerda qizilmiya dorivor o’simligi yetishtirishni yo’lga qo’yganmiz,-deydi tadbirkor. – Yaqin istiqbolda 500 gektar yerda qizilmiya yetishtirib, ushbu loyiha doirasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etish, Xitoy, Koreya Respublikasi, Ukraina, YEvropa davlatlariga mazkur dorivor giyohni yetkazib berishni maqsad qilganmiz.

Tadbirkor 30 gektar yerda sun'iy baliq ko’li tashkil etib, baliq mahsulotlarini dudlash orqali xorijga eksport qilish niyatida. Shu maqsadda xorijdan zamonaviy texnologiyalar olib kelib o’rnatildi. Yilqichilikni rivojlantirish uchun Qirg’izistondan 50 bosh ot olib kelinib, shu yerning o’zida naslchilik xo’jaligi tashkil etildi.

“A'lo-5” fermer xo’jaligi rahbari Dilshod Ehsonboyev AT “Xalq banki”ning Beshariq tumani filialidan olingan 1 milliard 758 million so’m kredit evaziga yaqinda Germaniyadan 70 bosh naslli qoramol olib keldi. Yosh fermer o’z mablag’i hisobiga 125 o’rinli chorvachilik kompleksi qurib, ayni paytda go’sht-sut yo’nalishida 100 bosh qoramol parvarishlayapti. Yaqin istiqbolda bu yerda sutni qayta ishlash korxonasini foydalanishga topshirish evaziga yanada 30 ta yangi ish o’rni yaratilishi mo’ljallanmoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube