Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA BARPO ETILADIGAN EKOSHAHAR HUDUDIDA TASHKIL ETILAYOTGAN “YANGI O’ZBEKISTON” BOG’IGA DARAXT EKISH KATTA TANTANA BILAN BOSHLANDI

×

 2021-11-22 14:20:37    318

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar “Ilg’or” mahalla fuqarolar yig’ini hududida barpo etiladigan Ekoshaharda 70 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Yangi O’zbekiston” bog’iga bugun daraxt ekish boshlandi. 

Yangi bog’ning dastlabki 10 gektariga daraxt ekish jarayoni bugun Farg’ona shahri mahallalarining 1000 dan ziyod vakillari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, harbiylar ishtirokida katta tantana bilan o’tkazildi.

Daraxt ekish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat mudofaa va xavfsizlik tizimlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Viloyatimizda bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Olim Saliyev ham yangi bog’da daraxt ekish jarayonlarida qatnashdi.

Tadbir Qur'on tilovati bilan boshlanib, yangi barpo etilayotgan Ekoshahar hamda “Yangi O’zbekiston” bog’ining viloyatimiz ahliga xayrli bo’lishini tilab, duo qilindi.

Viloyat hokimi bunday yirik loyihalarning amalga oshirilayotgani Prezidentimiz rahbarligida so’nggi besh yilda olib borilayotgan islohotlarning samarasi ekanini qayd etib, islohotlarning dastlabki yillarida xalqimizda kelajakka katta umid paydo bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda bu umid qat'iy ishonchga aylanganini ta'kidladi. 

“O’tgan yili Prezidentimizning topshiriqlari bilan yangi shahar barpo etishga kirishganimizda, nomlash borasida Yangi Farg’ona, Farg’ona-siti, Yangi shahar kabi turli nom takliflari bo’lgandi. O’shandayoq Ekoshahar degan nomda to’xtalgandik. Niyat xolis bo’lgan ekan, tanlangan nom davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan boshlangan "Yashil makon" dasturiga, viloyatlarda “Yangi O’zbekiston” bog’i tashkil etish bo’yicha berilgan topshiriqlarga hamohang bo’ldi” dedi viloyat rahbari.

Kun davomida 4000 tupdan ziyod kashtan, Qrim sosnasi, oqqayin, klen, lola daraxti va boshqa turdagi manzarali daraxtlar o’tqazildi. Daraxt ekish ishlari davom ettiriladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube