
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA TADBIRKORLAR QABULI BO’LIB O’TDI

2021-11-22 17:15:48 344
Bugun, 22 noyabr kuni Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da navbatdagi haftalik tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelgan 50 nafarga yaqin ishbilarmonlar hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masala va muammolarni tingladi.
Qabulda ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirish uchun kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratish, diagnostika markazi tashkil etish, sanitar gigenik qog’oz ishlab chiqarish, chorva kompleksi tashkil etish, maxsus kiyimlar tikish faoliyatini kengaytirish uchun bo’sh bino olish, xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit olish kabi turli masalalarda murojaatlar amalga oshirildi. Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatlariga bo’layotgan to’sqinliklarni ijobiy yechimi bo’yicha ham hokim o’rinbosariga yuzlandilar.
Avazbek O’rinboyev har bir tadbirkorning masalasini, qo’yayotgan talablarini hal etish choralarini tegishli mas'ullar ishtirokida ko’rib chiqdi.
Bugungi qabul yakuniy xulosasiga ko’ra, ayrim murojaatlar qabul chog’idayoq ijobiy yechimini topdi. Qolgan har bir murojaat ham taalluqligi bo’yicha mas'ullar ishtirokida ko’rib chiqildi. Qonuniy yechimga ega bo’lmagan masalalarga esa joyning o’zida javob qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan muammolar bo’yicha o’rganishlar natijasidan kelib chiqib chora-tadbirlar belgilanadigan bo’ldi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube