Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYLIK INVESTORLAR FARG’ONA VILOYATIDAGI ISTIQBOLLI LOYIHALARGA INVESTITSIYA KIRITISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2021-11-24 12:35:36    386

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasidan viloyatimizga tashrif buyurgan “Qianxing” kompaniyasi sarmoyadori Xong Zi Yang hamda “LiLi Medical center” kompaniyasi rahbari Li Ruilini qabul qildi. Uchrashuvda Farg’ona viloyatining investitsion salohiyati hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyihalar borasida so’z bordi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy ko’chasida, “Tadbirkorlar uyi” yonida qurilishi belgilangan 18 qavatli zamonaviy biznes va savdo markazi hamda mehmonxona loyihasi, Farg’ona shahri va tumani tutashgan joyda, Xalqaro aeroport yaqinidagi “Ilg’or” MFY hududida barpo etilayotgan Ekoshahar hamda kichik sanoat hududi loyihalari haqida alohida to’xtalib, kompaniya mutasaddilariga bu loyihalarda ishtirok etishlari yuzasidan taklif bildirdi.

Investorlar har ikki loyiha bilan yaqindan tanishganligini va 18 qavatli zamonaviy biznes va savdo markazi hamda mehmonxona loyihasi ularda katta qiziqish uyg’otganini, ushbu loyihaga sarmoya kiritib, qurilish ishlariga bosh bo’lishlari mumkinligini bildirishdi. 

“LiLi Medical center” kompaniyasi tomonidan Farg’ona viloyatida yirik turizm kompleksi hamda yoqilg’ini qayta ishlash korxonasi barpo etish loyihalari rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari, mavjud qonunchilik asosida loyihalarni amalga oshirishga ko’mak berilishini, hamda kichik sanoat zonalarida bunga yetarli sharoit mavjudligini qayd etdi. 

O’zbekistonda, ayniqsa Farg’onada investorlar uchun qulay tadbirkorlik muhiti yaratilganini ta'kidlagan xitoylik sarmoyadorlar, viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan boshqa loyihalarda ham hamkorlikka tayyor ekanliklarni mamnuniyat bilan ifodalashdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube