Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 246 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING LATVIYANING ISMA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVIDA ISIC – XALQARO TALABALAR IDENTIFIKATSIYA KARTASINI VILOYATDA OMMALASHTIRISH HAMDA VILOYAT BIZNES SUB'EKTLARINI ISIC REESTRIGA KIRITISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

×

 2021-11-24 12:37:24    281

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Latviyaning ISMA universiteti vakillarini qabul qildi. 

ISMA universiteti prezidenti, akademik Roman Dyakon, Latviya hukumati vakili, professor Sandra Plota va ISIC -xalqaro talabalar identifikatsiya tizimi eksperti Sanite Rugina uchrashuv avvalida samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar va universitet jamoasiga viloyat rahbarlari tomonidan muntazam ko’mak va e'tibor ko’rsatib kelinayotganligidan mamnun ekanliklarini alohida qayd etdilar.

Mehmonlar viloyat rahbariga Farg’onada yoshlar ta'lim turizmini rivojlantirish va viloyatning xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish biznesini xalqaro bozorlarda targ’ib qilish maqsadida viloyat sub'ektlarini ISIC – Xalqaro talabalar identifikatsiya kartasi reestriga kiritish bo’yicha rejalashtirilayotgan loyiha bo’yicha ma'lumot berishdi. Loyiha doirasida shuningdek, viloyatdagi oliy va o’rta-maxsus ta'limi muassasalari talabalari, maktab o’quvchilari orasida ushbu ID-kartani ommashtirish hamda kelgusida “ISIC Uzbekistan” vakolatxonasini Farg’ona shahrida joylashtirilishiga erishish maqsad qilingan.

12 yoshdan katta maktab o’quvchilari hamda talabalar uchun mo’ljallangan ISIC (International Student Identity Card) — Xalqaro talabalar identifikatsiya kartasi dunyoning 127 mamlakatida amal qiladi hamda savdo do’konlari, ovqatlanish shaxobchalari, kitob do’konlari, ta'lim kurslari, muzeylar va boshqa turdagi dunyo bo’ylab jami 42 mingdan ziyod sub'ektlarda turli chegirmalar taqdim etadi. Shuningdek, mamlakat ichi va xorijga safarlarda transport (avia, temir yo’l, avtobus) va mehmonxona xizmatlaridan foydalanishda sezilarli chegirmalar olish imkonini beradi.

ISIC kartasi o’quvchi va talabalarga kutubxonalardan va axborot internet resurslaridan bepul foydalanishga ham imkoniyat yaratadi.

Uchrashuvda shuningdek, ISMA universiteti faoliyatini yanada kengaytirish jonlantirish, oliy ta'lim rivojining jahon tajribasini joriy etgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini yanada oshirish, oliygoh uchun zarur zamonaviy infratuzilma va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish borasida ham so’z bordi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube