Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA SENAT ISHCHI GURUHI TOMONIDAN GAZ BALONLARI BILAN JIHOZLANGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH BO’YICHA AMALDAGI QONUNCHILIK TALABLARINING VILOYATDAGI IJROSI MUHOKAMASI O’TKAZILDI
2021-11-24 16:37:22 248
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da videoselektor tarzida yig’ilish tashkil etildi. Unda “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining transport vositalari texnik holati va uskunalarga doir talablarga oid qismining Farg’ona viloyatidagi ijro etilish holati ya'ni gaz balonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta'minlash bo’yicha ko’rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Tadbirda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi – ishchi guruh rahbari Qutbiddin Burxonov hamda qo’mita raisi o’rinbosari Tolibjon Madumarov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari raislari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar studiyalaridan tegishli mutasaddilar qatnashdilar.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi Qutbiddin Burxonov senatorlar, qo’mita a'zolari, respublika vazirlik va idoralar vakillari hamda viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 23 noyabr kuni Farg’ona viloyatining barcha hududlarida o’rganishlar olib borilganligini aytib o’tdi. Viloyatda Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli yo’nalishlarda muayyan ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.
Xususan, yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarining gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta'minlash bo’yicha talablarini, avvalo, mutaxassislar va mas'ullarga, qolaversa, transport egalariga muntazam ravishda tushuntirish ishlari yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, avtotransport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish tartibini soddalashtirish bo’yicha qator tashkiliy choralar ko’rilgan, bu borada yuridik va jismoniy shaxslarga ko’shimcha qulayliklar yaratilgan.
Natijada bugungi kunda Farg’ona viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli 341 820 ta avtotransport vositasining 249 664 tasi, ya'ni 73 % va 31 814 ta yuk tashish uchun mo’ljallangan transport vositalarining 29 214 tasi, ya'ni 91,7 % gaz ballonlari bilan jihozlangan.
Viloyatda joriy yil 1 noyabr holatiga 22 ta tadbirkorlik sub'ekti avtotransport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda va ularning barchasiga Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko’rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratilgan.
Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi tomonidan 16 ta tadbirkorlik sub'ektiga avtotransport vositalarida o’rnatilgan gaz balloni uskunalarini sinovdan o’tkazish uchun ruxsatnoma berilgan.
Yig’ilishda olib borilgan ishlar bilan bir qatorda ba'zi kamchilik va muammolar borligi ham ko’rsatib o’tildi.
Viloyatda yo’l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo’yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa yana bir qator masalalarda mas'ullarning axborotlari ham eshitildi.
Yakunda savol-javoblar va bildirilgan takliflardan kelib chiqib oldinda turgan vazifalar kelishib olindi. Mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube