
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
JAHON CHEMPIONATI VA CHEMPIONLAR LIGASI UCHUN TO’PLAR ISHLAB CHIQARUVCHI “FORWARD GROUP” KOMPANIYASI FARG’ONADA HAM NUFUZLI MUSOBAQALARGA FUTBOL TO’PLARINI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

2021-11-25 17:15:52 298
Bugun viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Pokistondagi sport mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Forward Group” kompaniyasi direktori Axtar Xvaja boshchiligidagi ishbilarmonlarni qabul qildi.
“Adidas”,”Nike”, ”Diadora”, ”Star sports” va boshqa brendlar uchun sport buyumlari va futbol to’plari ishlab chiqaruvchi “Forward Group” kompaniyasi Jahon chempionati va Chempionlar Ligasi uchun to’plarning rasmiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shu ma'noda viloyatimizda yuqori sifatli sport to’plarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona ochish masalasi uchrashuvning asosiy kun tartibini tashkil etdi.
Rejalashtirilayotgan investitsion loyihani tadbirkor Baxtiyor Toshpo’latov tomonidan tashkil etilgan, Farg’ona shahrida 2010 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan to’p ishlab chiqarish korxonasi negizida amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Uchrashuvda ishtirok etgan pokistonlik yana bir tadbirkor – “Khawaja Cotton industries” kompaniyasi direktori Mujtaba Xvaja ham Farg’ona viloyatida rejalashtirilayotgan bir qator loyihalari borligini, hozirda tekstil-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun turli aksessuarlar ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube