Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ROSSIYANING MAXSUS KIYIMLAR ISHLAB CHIQARUVCHI YIRIK “BRIGADIR” KOMPANIYASI FARG’ONADA ISHLAB CHIQARISH KORXONASI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2021-11-25 19:38:28    214

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Rossiyaning Krasnoyarsk o’lkasida faoliyat olib boruvchi maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik “Brigadir” kompaniyasi rahbari Aleksandr Morozevichni qabul qildi.

Rossiyalik ishbilarmon turli korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari uchun sifatli va arzon maxsus kiyimlarni ishlab chiqarish bo’yicha ko’p yillik tajribaga ega ekanligini, bugungi kunda mahsulotga bo’lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda va ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida Farg’onada ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish istagi borligini ma'lum qildi.

Tadbirkorga Farg’onada investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, viloyatimizda ishlab turgan qo’shma tekstil korxonalari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, eng zamonaviy uskunalarni olib kelib, ularni joylashtirish tartiblari tushuntirildi.

“Brigadir” kompaniyasi rahbari Aleksandr Morozevich Farg’onada ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotlar tayyor kiyim holatida eksport qilinishini qayd etdi.

Rossiyalik ishbilarmon viloyatdagi mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishgach, korxonani ishga tushirish jarayonlari borasida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube