Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 253 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ AYOLLARINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH VA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI USTUVORLIK KASB ETMOQDA

×

 2021-11-26 15:43:21    244

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida viloyat hokimligi va “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan “Farg’ona viloyatida qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

"Farg’ona viloyati qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish" loyihasi Germaniya tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko’magi asosida, Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari To’lqinoy Tojiyeva, Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Tatyana Zaichenko, viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkor xotin-qizlar, grant loyihalar g’oliblari ishtirok etdi.

Farg’ona viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj mehnat muhojirlari, ayollar va ularning oilalariga, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy mobil xizmatlar tashkil qilish natijasida qishloq hududlarida COVID-19 pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirishga erishish maqsad qilingan loyiha doirasida 2021 yilning 5 oyi davomida viloyatimizning Dang’ara, Farg’ona, Buvayda, Oltiariq va Rishton tumanlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 508 nafardan ziyod ayollar, yoshlar va ularning oila a'zolariga o’quv kurslari tashkil etildi.

Ushbu kurslarda tikuvchilik, go’zallik salonini yuritish, sutni qayta ishlab chiqarish, kompyuter savodxonligi, qamishdan savatlar tayyorlash va mebellar ishlab chiqarish bo’yicha malaka va ko’nikmalar berildi.

Bugungi tadbir doirasida ayollar tomonidan o’rganilgan kasb va ko’nikmalar bilan tayyorlangan mahsulotlar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Loyiha doirasida shuningdek, og’ir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan 300 nafardan ortiq muhojirlar, qishloq ayollari va ularning oilalariga psixologik, huquqiy va tibbiy konsultatsiyalar tashkil qilindi, turli mavzularda seminar-treninglar o’tkazildi.

Tadbirda amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil to’xtalib, loyiha natijalari haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar va ma'lumotlar berildi.

“Farg’ona viloyatida qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish” loyihasi faol ishtirokchilariga va grant g’oliblariga tashakkurnoma, diplomlar, kompyuter jamlanmalari va esdalik sovg’alari tantanali tarzda topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube