Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JAHON BANKI MISSIYASI FARG’ONADA CHORVACHILIK SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2021-11-27 11:43:57    228

PDF yuklash
Chop etish


Jahon bankining qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha Bosh iqtisodchisi, loyiha rahbari Teklu Tesfaye boshchiligidagi missiya Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Mehmonlarga viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov hamrohlik qildi.

Dastlab mehmonlar Yozyovon va Oltiariq tumanlarida «Farg’ona baliqsanoat agrofirmasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil qilingan baliqchilik xo’jaligi, baliqni qayta ishlash jihoz va uskunalarini borib ko’rdi. Jamiyatga Jahon bankining «O’zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish» loyihasi doirasida «Ipoteka bank» ATIB orqali 1952,5 million so’m kredit ajratilgan. Olingan kredit hisobiga Xitoydan yiliga 250 tonna intensiv usulda baliq yetishtirish uchun texnologiya va jihozlar olib kelingan. Shu bilan birga, baliqlar uchun ozuqa yemi ishlab chiqarish va baliqni qayta ishlash jihoz-uskunalari o’rnatilgan.

– Olingan kredit mablag’ini oqilona sarflash evaziga yangi 50 ta ish o’rinlari yaratyapmiz. Shuningdek, xalqimiz dasturxoniga baliq va konserva mahsulotlari yetkazib berishni ko’zlaganmiz, – deydi jamiyat direktori Mirzarasul Mamatov. – Shu bilan birga, kelajakda baliq yetishtirish, qayta ishlash va chorvachilik kompleksini ishga tushirish bo’yicha yangi loyihalarimiz ustida ham ish olib boryapmiz. Buning natijasida 300 dan ziyod yangi ish o’rni yaratish mumkin bo’ladi.

Mehmonlar loyihaning ijro holati bilan tanishib, u yerda olib borilgan ishlarni yuqori baholashdi. Jahon banki missiyasi O’zbekiston tumanidagi «Sohibkor tog’ay» fermer xo’jaligiga ham tashrif buyurdi. Fermer xo’jaligiga Jahon banki loyihasi doirasida «Asaka bank» orqali 580,4 ming dollar kredit ajratilgan. Olingan kredit hisobiga Germaniyadan 102 bosh naslli mollar va sut sog’ish jihozlari keltirilgan.

Fermer xo’jaligi rahbari missiya a'zolariga chorvachilik loyihasi ijrosi to’g’risida batafsil ma'lumot berdi. Chorva fermasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mehmonlarga manzur bo’ldi.

– Ta'kidlash kerakki, «O’zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish» loyihasi Farg’ona viloyati fermer xo’jaliklari va tadbirkorlari uchun katta imkoniyat yaratmoqda, – deydi Jahon banki ishtirokidagi mazkur loyihaning Farg’ona viloyati koordinatori Sanjarbek Ergashev. – O’tgan davrda viloyatdagi 46 ta fermer va tadbirkorlarga loyiha doirasida 12 million dollardan ortiq imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Maqsadimiz fermer xo’jaliklari va tadbirkorlar faoliyatiga yaqindan ko’maklashish va ijobiy natijalarga erishishdir.

Jahon banki missiyasi yil yakuniga qadar Farg’ona shahridagi "Fergana agro unit" mas'uliyati cheklangan jamiyatining parrandachilik kompleksiga borishi ko’zda tutilmoqda. Fermer xo’jaligiga 2018 yilda mazkur loyiha doirasida «Asaka bank» tomonidan parrandachilik loyihasini amalga oshirish uchun kredit ajratilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube