Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PREZIDENT QARORI IJROSI DOIRASIDA VILOYATIMIZDAGI PAST HOSILLI PAXTA VA G’ALLADAN QISQARTIRILGAN EKIN MAYDONLARIDA MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIKDA OILAVIY TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILADI

×

 2021-11-27 18:24:01    255

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish, shuningdek, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash masalalariga bag’ishlangan o’quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Qishloq xo’jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri Tohirjon Rapiqov ishtirok etdilar.

Sohaga aloqador boshqarma va tashkilotlar boshliqlari, sektorlar va meva-sabzavotchilik klasterlari rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida tashkil etilgan seminarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 24 noyabr kuni meva-sabzavotchilik va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o’tkazgan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga e'tibor qaratildi.

2021 yil 23 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda kelgusi yili paxta va g’alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar yer aholiga dehqon xo’jaligi tashkil etish uchun berilishi belgilandi.

Bu maydonlar ochiq elektron tanlov o’tkazish orqali, 10 sotixdan 1 gektargacha o’lchamda, 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda yaratiladigan ish o’rni va dehqonchilik tajribasi asosiy mezon bo’lib, ehtiyojmand aholiga alohida e'tibor qaratiladi.

Bugungi seminarda qisqartiriladigan ekin maydonlarining lotlarga ajratilib, bir oy ichida ochiq elektron tanlovga qo’yilishini tashkil etish tartiblari ham batafsil ochiqlandi. 

Hisob-kitoblarga ko’ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong’oqdan 5 baravar ko’p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog’dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo’llab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash bo’yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

O’quv-seminarida ana shunday imkoniyatlardan belgilangan me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida foydalanish tartiblari Qo’shtepa tumani misolida atroflicha tushuntirildi. Oldinda turgan chora-tadbirlar kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube