Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ZO’RAVONLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ: FARG’ONADA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINI HAR TOMONLAMA HIMOYALASH ORQALI OILADA SOG’LOM MUHITNI QAROR TOPTIRISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI

×

 2021-11-27 20:18:57    224

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazining anjumanlar zalida viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan “Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida “Gender zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” aktsiyasi doirasida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, “Mehrjon” va “Qalb nuri” nodavlat-notijorat tashkilotlari mutasaddilari, OAV vakillari hamda blogerlar qatnashdilar.

Matbuot anjumanini viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari To’lqinoy Tojiyeva olib bordi.

So’z olganlar viloyatimizda joriy yilning 25 noyabridan mamlakatimizda “Gender zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari boshlangani va bu kompaniya 10 dekabrga qadar davom etishini ta'kidladilar. Unda xotin-qizlar va erkaklar o’rtasida gender tenglikni ta'minlash, oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish, sog’lom muhitni qaror toptirish kabi bir qator ijtimoiy masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Anjumanda ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar to’g’risida ma'lumot berildi.

Viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari - xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’lim boshlig’i Dilshoda O’rinova hamda viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i A'zamjon Asqarovlarning hisobotlari tinglandi. Ularda qayd etilishicha, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik yoki jinoyatlarning oldini olish maqsadida himoya orderi berish tartibi yo’lga qo’yilib, sodir etilishi mumkin bo’lgan oila-turmush munosabatlari doirasidagi ko’plab noxush holatlarning barvaqt oldini olishga erishildi.

Farg’ona viloyatida aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali ularni o’ylantirayotgan muammolar, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan sektorlar kesimida “mahallabay” ishlar yo’lga qo’yilgan. Ayollarni qo’llab-quvvatlash sohasida davlat organlari tomonidan viloyatimizdagi nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan keng hamkorlikda ish tashkil etilmoqda.

Farg’ona davlat universitetida “Gender tenglik masalalari tadqiqot markazi” tashkil etilgan bo’lib, mazkur markazning faoliyati xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning mavqeini yuksaltirish, huquqlarini har tomonlama himoyalash, salomatliklarini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, hayotda o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun zarur ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy, munosib mehnat va yashash shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Anjumanda ayni jihatlarga ham ishtirokchilar e'tibori qaratildi. OAV vakillari hamda blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube