
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
3 SOTIX LIMONARIYDAN 68 MILLION SO’M DAROMAD: BAG’DOD TUMANIDAGI TOSHLOQ YERLARDA LIMON YETISHTIRAYOTGAN DASHT MAHALLASIDA LIMONARIYLAR SONI 600 TAGA YETDI

2021-12-01 19:18:22 389
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Bag’dod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida tumandagi Dasht MFY hududida aholi xonadonlari limon yetishtirish jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
Tuman IIB boshlig’i rahbarligidagi 3-sektor hududida joylashgan ushbu mahallada 1000 dan ortiqroq xonadon mavjud bo’lib, aholi tomorqalari toshloq yerlardan iborat. Shuningdek, sug’orish bilan ham muammolar mavjud bo’lib, sug’orish kanallaridan ancha yuqorida joylashgan mahallada vertikal sug’orish quduqlaridan (skvajina) suv chiqarish orqali dehqonchilik qilinadi. Biroq mehnatkash mahalla ahli limon yetishtirish hadisini olib, toshloq yerlarda limondan katta hosil olishga erishmoqda.
Hozirgi kunda mahalla xonadonlarida “kotlovan” usulida barpo etilgan limonariylar soni 583 taga yetdi. Bundan issiqxonalarga hech qanaqa ko’mir, gazning keragi yo’q bo’lib, xona harorati tabiiy holatda ta'minlanadi, qolaversa limonning sovuqqa chidamli navlari yetishtiriladi. Yaqin yillarda mahallada limonariy tashkil etilmagan xonadon qolmaydi. Bu borada mahalla ahli hamda sektor vakillari birgalikda maqsadli ish tashkil etishmoqda.
Viloyat hokimi limon yetishtirayotgan xonadonlarda bo’lib, aholi bilan limonchilik borasida muloqot qildi. Xonadonlardagi 3-5 sotixli mo’'jaz limonariylar hamda tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan katta issiqxonalarning barida limonlarning mo’l hosiliga guvoh bo’lindi.
Mahallada yashovchi Xasanboy Ergashev avval ichki ishlar profilaktika inspektori bo’lib faoliyat olib borgan. Nafaqaga chiqqach, xonadonida 3 sotixli issiqxona tashkil etib, limon yetishtirishga boshlagan. Viloyat hokimi bilan suhbatda Xasanboy Ergashev bu yilning o’zida ushbu limonariydan olingan daromad 68 million so’m bo’lganini qayd etdi.
Qolgan xonadonlarda ham shu atrofda daromad manbasi shakllangan. Bir sotix maydonda to’la hosilga kirgan limonariydan, yaxshi parvarishlansa yillik 1,5 tonnagacha hosil olish mumkin.
Viloyat hokimi ushbu mahallaga sug’orish tizimini yaxshilash uchun 4 ta yangi skvajina qazib berilishini ma'lum qildi. Burg’ulash xarajatlari uchun davlat tomonidan subsidiya mablag’lari ajratiladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube