Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA G’ALLACHILIK VA MEVA-SABZAVOT KLASTERLARI UYUSHMASI TASHKIL ETILADI

×

 2021-12-01 19:43:08    355

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona tumanidagi Vodil Qizilqo’rg’on massivida 320 gektar maydonda tashkil etilayotgan malina plantatsiyasida bo’lib, malinazor tashkil etish masalalarida turkiyalik tadbirkor Ali Baklan bilan muloqotda bo’ldi.

O’zbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan yer maydonlari ochiq elektron tanlov o’tkazish orqali, 10 sotixdan 1 gektargacha o’lchamda aholiga dehqon xo’jaligi tashkil etish uchun 10 yil muddatga ijaraga berilishi belgilandi. 

Tashkil etilayotgan malina plantatsiyasida ham turk tadbirkor tomonidan malinachilik kooperatsiyasi tashkil etilib, 100 gektar maydon ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga, maktab bitiruvchisi bo’lib mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarga bo’lib berilishiga kelishib olindi. Shuningdek, yirik investitsiya jalb etish orqali 100 gektar maydonda zamonaviy usulda malina yetishtirish va uni to’la qayta ishlab tayyor mahsulotni eksportga yo’naltirish tsiklini o’z ichiga olgan klaster ham tashkil etiladi.

Xayrullo Bozorov viloyatimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan turkiyalik agronomlar Rasim Kachar va Halil O’nder Turk bilan viloyatda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish istiqbollari hamda xalqaro bozorda talab yuqori bo’lgan mahsulotlarni yetishtirishni ko’paytirish imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.

Viloyat hokimi shuningdek, viloyat fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbari Azizbek Hakimovga Farg’onada g’allachilik va meva-sabzavot klasterlari uyushmasi tashkil etish bo’yicha ko’rsatma berdi. Ushbu uyushma muassisligida meva-sabzavotchilik klasteri ham tashkil etilishi, yetishtiriladigan hosilni eksportga yo’naltirish hamda erishiladigan daromad hisobiga uyushmani xo’jalik hisobida mustaqil faoliyat yuritishini ta'minlash belgilab berildi. Uyushmaga turkiyalik qishloq xo’jaligi sohasining yetuk mutaxassislaridan iborat guruhidan iborat agronom-konsultantlar jalb etiladi va ular zamonaviy g’allachilik va meva-savzavot yetishtirish texnologiyalarini viloyatimizdagi klasterlarda joriy etilishiga ko’maklashadi. Uyushma qoshida doimiy ishlovchi Maslahat ofisi ham faoliyat yuritadi.

Ushbu hududda malina plantatsiyasi tashkil etish bo’yicha ishlar jadal davom etmoqda. Hozirgi kungacha umumiy belgilangan maydonning 200 gektar qismi ekishga tayyorlanib, shuning 76 gektariga hosildor malina ko’chatlari ekib ulgurildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube