Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOZYOVONDA YANGI BARPO ETILGAN YOSHLAR MEHNAT GUZARIDA IXTIROCHI TALABA VILOYAT HOKIMIGA TRANSFORMATORLARNI YONG’IN VA PORTLASHDAN HIMOYALASH QURILMASINI TAQDIM ETDI

×

 2021-12-01 19:45:55    303

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida tumandagi Toshhovuz mahallasi hududida barpo etilgan Yoshlar mehnat guzarini borib ko’rdi.

Tadbirkor Abdubannob Kattabekov tashabbusi bilan bunyod etilgan Yoshlar mehnat guzari nafaqat aholining maroqli dam olishi uchun, balki mahalladagi ishsizlik muammosi yechimida ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Imtiyozli bank krediti hamda tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan jami 2,5 mlrd. so’m evaziga qad rostlagan majmuada kitob do’koni, chevarxona, sartaroshxona, oziq-ovqat do’koni hamda 25 nafar bolajonlarni maktabga tayyorlov kurslari faoliyati yo’lga qo’yildi. Natijada 25 ta yangi ish o’rni yaratildi.

Viloyat rahbari majmua bilan yaqindan tanishar ekan, kitob do’konida kitobxonlar qamrovini oshirish, kitoblar sonini ko’paytirish, 200 o’ringa mo’ljallangan madaniyat bo’limi o’rnida hudud ehtiyojidan kelib chiqib, bog’cha tashkil etish taklifini berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali 4-bosqich talabasi, yozyovonlik Shavkat Xudoyberdiyev shu yerda viloyat rahbariga o’z ixtirosini, ya'ni ustozlari ko’magida yaratgan transformatorlarni yong’in va portlashdan himoyalash qurilmasini namoyish etdi. Ushbu qurilma va uning afzalliklari viloyat hokimining e'tiborini tortdi. Shavkatjon ushbu qurilmani ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun bo’sh bino hamda moddiy ko’mak masalasida viloyat hokimiga qilgan murojaati ijobiy hal etiladigan bo’ldi.

Tadbirlar zalida esa tumandagi yoshlar daftariga kiritilgan, hozirda talaba bo’lgan 30 nafar yoshlarning oliy ta'lim uchun to’lov-kontraktining 50 foiz qismini to’lab berilganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlar topshirildi. Natijada tuman bo’yicha shu kunga qadar to’lov kontrakti amalga oshirilgan talabalar soni jami 104 nafarga yetdi va umumiy hisobda 407 mln. 350 ming so’m miqdorida kontrakt to’lovlari qoplab berildi. 

Shu kuni viloyat hokimi Yoshlar mehnat guzarida yozyovonlik kurashchi, yaqinda Rossiyada bo’lib o’tgan belbog’li kurash bo’yicha 19-jahon chempionatidan bronza medali bilan qaytgan Manzura Mo’ydinovani nikoh to’yi munosabati bilan tabrikladi. Kelin-kuyovlarga o’z samimiy tilaklarini bildirdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube