Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA BO’LIB O’TAYOTGAN “ADABIYOT KUNLARI” DOIRASIDA QO’QONDA O’ZBEK ADABIYOTINING YIRIK DARG’ALARI ISHTIROKIDA ILMIY-ADABIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2021-12-03 17:26:30    328

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahar davlat musiqali drama teatrida Adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavalludiga 90 yil, O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludiga 85 yil, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir, dramaturg Saydali Odilov tavalludiga 80 yil to’lganligi, O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xotirasiga ehtirom ko’rsatish hamda rishtonlik iste'dodli yozuvchi Isajon Sulton “O’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan ularning ijodiy merosini o’rganish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatini targ’ib qilishga bag’ishlangan ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi. 

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O’zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G’ofurov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, atoqli shoir va adiblar Mahmud Toir, Salim Ashur, Sirojiddin Rauf va boshqa o’nlab taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, Saydali Odilov, Isajon Sulton va tavallud ayyomlari o’tkazilayotgan darg’alarimizning oila a'zolari, adabiyot ixlosmandlari ishtirokida bo’lib o’tgan bayram tadbiri viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning joriy yilning 23 oktyabr kuni qabul qilgan farmoyishiga asosan viloyatimizda o’tkazilayotgan “Adabiyot kunlari” doirasida tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida farg’onalik saylovchilar bilan uchrashuvda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik siymolaridan biri – Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqatning hayoti va faoliyatiga alohida to’xtalib, Qo’qon shahri markazidagi Furqat bog’ida shoirning haykalini o’rnatishni taklif etgandi. Kecha bo’lib o’tgan bayram tadbiri oldidan viloyat hokimi va mehmonlar bog’ bo’ylab aylanib, Furqat haykalining joylashtirish o’rni borasida fikr almashdilar.

Tadbirning ochilishida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid o’zbek adabiyotida viloyatimiz hududida tug’ilib o’sgan ijodkorlarning tutgan katta o’rni va ular ijodining ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati haqida to’xtaldilar. Davlatimiz rahbarining jamiyatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish, adabiyotni rivojlantirish borasidagi e'tiborlari bilan yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishi ortayotgani, aholining kitobxonlik ko’nikmasi yuksalib borayotgani, bu borada Farg’ona viloyatida ham amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar natijasida aholining kutubxonalarga qatnovi sezilarli ko’paygani, har bir mahallada kitob do’konlari tashkil etilgani qayd etildi. “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovlarining g’oliblari viloyatimiz vakillari bo’lgani iftixor bilan tilga olindi.

Tadbirda yubilyar ijodkorlar va ularning yaqinlariga viloyat hokimligining sovg’alari topshirildi.

Shu kuni 14 nafar farg’onalik ijodkorlar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindilar.

Qo’qon shahar musiqali drama teatri hamda O’zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali talabalari ishtirokidagi teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube